mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
BIROVNING MULKI
(8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga mulk tushunchasini huquqiy jihatdan tushuntirish, birovning mulkini soʻroqsiz olish yoki zarar yetkazish jinoyat ekanini uqdirish, mulkka egalik huquqi, mulk turlari haqida maʼlumot berish. Tinglab tushunish: birovning mulkiga boʻlgan hurmat odobi haqida rasmlar va savollar asosidagi suhbatni tushunib, aniqlashtirish uchun savollar bera oladi; mulk haqida maʼlumot berilgan matnni tinglab tushuna oladi; audiomatnni tinglab, ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi. Ogʻzaki nutq: mulk haqida berilgan sxema va savollar asosida tartibli gapira oladi; tinglagan matni asosida savollarga ogʻzaki javob bera oladi; oʻqib tushungan matni yuzasidan munosabat bildira oladi; ertakni rolga kirib, ifodali oʻqiy oladi; hikoyalar mazmunini tushunib, ogʻzaki bayon qila oladi; gazeta sahifasi yuzasidan tayyorlagan taqdimotini gapirib bera oladi. Oʻqib tushunish: “Oʻgʻrining qismati” ertagini oʻqib tushuna oladi; qiyin notanish soʻzlarni toʻgʻri oʻqiy oladi; hikoyalarni oʻqib, mazmunini tushuna oladi; matndan xulosa chiqara oladi; matn qismlariga mos sarlavhalarni aniqlay oladi; berilgan gazeta sahifalari bilan tanishib, yangi gazeta sahifasi uchun taqdimot tayyorlay oladi. Yozma nutq: mulkni guruhlarga ajratib yoza oladi; oʻzganing mulkidan toʻgʻri foydalanish haqida qoida yoza oladi; berilgan matndan toʻgʻri maʼlumotlarni aniqlab, yoza oladi; har bir hikoyadan olgan xulosasini yoza oladi; matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlarning maʼnosini lugʻatdan topib izohlab, yoza oladi; maqollarni mazmuniga koʻra guruhlab yoza oladi; sinfdoshining taqdimotiga oʻz munosabatini yoza oladi. Lingvistik bilim: gaplarning ifoda maqsadiga koʻra turlari: darak, soʻroq va buyruq gaplar; tinish belgilari; soʻz turkumlari: ot, sifat, feʼl. Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar (razvedka, on, oʻlja, moʻrt, ravo, tayin, hang-u mang, pand, mahrum, butkul). Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling