Yozma nutq: matn asosida ismlarni tartib bilan yoza oladi; oʻqigan matnlari asosida matn tuzib yoza oladi.
Lingvistik bilim: bosh harflar imlosi.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzuga oid notanish soʻzlar.
NUTQIMIZ BEZAGI
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarni tushunarli, ravon soʻzlashga oʻrgatish, bu koʻnikmaning muvaffaqiyatga erishish uchun zarurligini tushuntirish, nutqni sifatli, taʼsirli qilishga doir tavsiyalar berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, maʼlumotlarni aniqlay oladi; tinglagan audiomatniga munosabat bildira oladi; sinfdoshlari nutqini tinglab, munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlarda berilgan qahramonlar oʻrnidan vaziyatga moslashib gapira oladi; matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; dialog tarkibidan murojaat birliklarini aniqlab, ayta oladi; iboralar maʼnosini sinfda muhokama qila oladi; berilgan iboralarni matn bilan bogʻlab, fikrlarini ayta oladi; sheʼrdan olingan bandni sharhlab bera oladi.
Oʻqib tushunish: maqollarni oʻqib, tushuna oladi; matnni ifodali oʻqiy oladi; berilgan dialogni partadoshi bilan birga rolga kirib oʻqiy oladi; iboralarni maʼnosi bilan moslashtirib, oʻqiy oladi; hikoyani ifodali oʻqib, mazmunini tushuna oladi; hikoyadagi toʻgʻri maʼlumotlarni topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi, undagi obrazlilikni anglay oladi.
Yozma nutq: turli xil nutqiy vaziyatlarga mos til birliklarini yoza oladi; rasmlarda berilgan vaziyatlarga mos gap tuzib, yoza oladi; tinglagan audiomatnidan qoidalarni aniqlab, yoza oladi; berilgan iboralarni gap tarkibidagi soʻzlar bilan moslashtirib, yoza oladi; matn tarkibidan ramzga xos xususiyatlarni aniqlab yoza oladi; gap tarkibidan ajratib koʻrsatilgan iboralarning maʼnosiga mos soʻzlar bilan almashtirib yoza oladi; berilgan iboralardan foydalanib, hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: iboralar; antonim, sinonim iboralar imlosi; juft soʻzlar imlosi.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzuga oid maqol va iboralar.
Do'stlaringiz bilan baham: |