mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet68/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

MIKROSKOP – ZARRABIN
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Mikroskopning ixtiro qilinishi tarixi, bu qurilmaning tabiiy va aniq fanlar rivojidagi oʻrni haqida tushuncha berish, mikroolam – koʻzga koʻrinmas mavjudotlar, xususan, bakteriya, mikrob, viruslar haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, eshitib qabul qilingan eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; taassurotlarini aytib bera oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib, ularga dalillar bilan munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm va matnni integratsiya qilib gapira oladi; olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; audiomatn asosida fikrlarini asoslab bera oladi; asarni oʻqish jarayonidagi ruhiy holatini ogʻzaki ifodalab bera oladi; badiiy asarning davomi yuzasidan taxminlarini ayta oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; oʻqilgan matnni qismlarga ajrata oladi; matndagi voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; matn asosidagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topishga qaratilgan savollarga javob bera oladi.
Yozma nutq: berilgan vaziyat asosida ijodiy matn tuza oladi; soʻz maʼnolarini lugʻatdan aniqlab yoza oladi; voqealar ketma-ketligini aniqlab, yoza oladi; informativ matn yuzasidan berilgan savollarga javob yoza oladi; matn mazmuniga mos reja tuzib, yoza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; sarlavha; soʻzning leksik maʼnosi; soʻz birikmasi.
Lugʻat boyligi: mikroskop, zarrabin, mavjudot, nasl, olinma soʻzlar, matndagi iboralar.


AQLLI YORDAMCHI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: kompyuter va kompyuter texnologiyalarining ixtiro qilinishi, qurilmaning insoniyat taraqqiyotidagi, bugungi jamiyatdagi oʻrni, kompyuter texnologiyalaridan toʻgʻri va unumli foydalanishga doir tavsiyalar.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglash jarayonida kerakli eslatmalarni belgilay oladi; mavzu doirasidagi maʼlumotlarni qayta eshitish orqali maʼlumotlariga aniqlik kirita oladi; audiomatn yuzasidan berilgan savollarga tanqidiy fikrlar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlar haqida yoʻnaltiruvchi savollar orqali tartibli gapira oladi; adabiy talaffuz qoidalariga rioya qila oladi; oʻzi yaratmoqchi boʻlgan buyum, narsa haqida savollarga asoslanib gapirib bera oladi; oʻzi haqida gapirib bera oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling