mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinglab tushunish
- Oʻqib tushunish
- Lingvistik bilim
MIKROSKOP – ZARRABIN
(6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Mikroskopning ixtiro qilinishi tarixi, bu qurilmaning tabiiy va aniq fanlar rivojidagi oʻrni haqida tushuncha berish, mikroolam – koʻzga koʻrinmas mavjudotlar, xususan, bakteriya, mikrob, viruslar haqida maʼlumot berish. Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, eshitib qabul qilingan eskplitsit va implitsit maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; taassurotlarini aytib bera oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib, ularga dalillar bilan munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: rasm va matnni integratsiya qilib gapira oladi; olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; audiomatn asosida fikrlarini asoslab bera oladi; asarni oʻqish jarayonidagi ruhiy holatini ogʻzaki ifodalab bera oladi; badiiy asarning davomi yuzasidan taxminlarini ayta oladi. Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; oʻqilgan matnni qismlarga ajrata oladi; matndagi voqealar ketma-ketligini aniqlay oladi; matn asosidagi ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topishga qaratilgan savollarga javob bera oladi. Yozma nutq: berilgan vaziyat asosida ijodiy matn tuza oladi; soʻz maʼnolarini lugʻatdan aniqlab yoza oladi; voqealar ketma-ketligini aniqlab, yoza oladi; informativ matn yuzasidan berilgan savollarga javob yoza oladi; matn mazmuniga mos reja tuzib, yoza oladi. Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; sarlavha; soʻzning leksik maʼnosi; soʻz birikmasi. Lugʻat boyligi: mikroskop, zarrabin, mavjudot, nasl, olinma soʻzlar, matndagi iboralar. AQLLI YORDAMCHI (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: kompyuter va kompyuter texnologiyalarining ixtiro qilinishi, qurilmaning insoniyat taraqqiyotidagi, bugungi jamiyatdagi oʻrni, kompyuter texnologiyalaridan toʻgʻri va unumli foydalanishga doir tavsiyalar. Tinglab tushunish: audiomatnni tinglash jarayonida kerakli eslatmalarni belgilay oladi; mavzu doirasidagi maʼlumotlarni qayta eshitish orqali maʼlumotlariga aniqlik kirita oladi; audiomatn yuzasidan berilgan savollarga tanqidiy fikrlar orqali munosabat bildira oladi. Ogʻzaki nutq: rasmlar haqida yoʻnaltiruvchi savollar orqali tartibli gapira oladi; adabiy talaffuz qoidalariga rioya qila oladi; oʻzi yaratmoqchi boʻlgan buyum, narsa haqida savollarga asoslanib gapirib bera oladi; oʻzi haqida gapirib bera oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling