mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Yozma nutq: hikoyada ishtirok etgan feʼllardan 6 tasini yoza oladi. Lingvistik bilim


Download 104.42 Kb.
bet67/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Yozma nutq: hikoyada ishtirok etgan feʼllardan 6 tasini yoza oladi.
Lingvistik bilim: oʻrganilgan til birliklarini nutqda qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi: matndagi soʻz va iboralar.


TELESKOP – OSMONGA QOʻYILGAN NARVON
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga teleskopning ixtiro qilinishi bilan birga astronomiya tarixi haqida maʼlumot berish, bu sohaning rivojida Beruniy va Mirzo Ulugʻbek kabi ajdodlarimizning hissasini koʻrsatish, Ulugʻbek rasadxonasi va uning dunyo ilm-fani taraqqiyotiga taʼsiri haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, yoʻnaltiruvchi savollar orqali javob bera oladi; eshitgan yangi soʻzlarining talaffuzini anglay oladi; jamoaviy oʻyinda boshqalar tasvirlagan kishining kim ekanini eshitgan maʼlumotlari asosida topa oladi; sinfdoshlarining nutqini tinglab ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzuga oid olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; narsalar, insonning portreti (alloma yoki kashfiyotchi ajdodlarimiz) asosida ularning tashqi koʻrinishini tasvirlab gapira oladi; “Ismini top” oʻyinida kimnidir tasvirlab gapira oladi.
Oʻqib tushunish: matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; vizual informatsiyani matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; dialoglardagi suhbatdoshlarni aniqlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, undagi obrazlilikni taʼminlagan til birliklarini tahlil qila oladi.
Yozma nutq: feʼllar ishtirokida gaplar tuzib, yoza oladi; insonning portreti (alloma yoki kashfiyotchi ajdodlarimiz) asosida ularning tashqi koʻrinishini tasvirlab yoza oladi; sheʼrdan olingan misra haqida fikrini dalillab yoza oladi; rasm asosida tasviriy matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; soʻzning leksik maʼnosi; harakatni bildiruvchi soʻzlar; tinish belgilari: soʻroq, undov.
Lugʻat boyligi: teleskop, usturlob, narvon, tashqi koʻrinishni ifodalovchi soʻzlar, matndagi iboralar.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling