Tinglab tushunish: turli vaziyatlardagi nutqlarni tinglab, tushuna oladi; audiomatnni tinglab, unga mos rasmlarni belgilay oladi; tinglangan matni yuzasidan savol bilan murojaat qila oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmlarda tasvirlangan narsalarning nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi; hikoya voqealarini qisqa gaplarda ifodalab, aytib bera oladi; maqollarning mazmunini tushunib, sinfdoshlari bilan muhokamaga kirisha oladi; oʻqituvchisi yozgan xatga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan matnlarni oʻqib, matndagi xatoliklarni aniqlay oladi; sheʼrini ifodali oʻqiy oladi; matnda ajratib koʻrsatilgan soʻzlardan mosini tanlab, ertakni yaxlit holda oʻqiy oladi; rivoyatni oʻqib, munosabat bildira oladi; matnni oʻqib, maʼlumotlarni aniqlay oladi; berilgan chizma va undagi maʼlumotlarni oʻqib, tushuna oladi.
Yozma nutq: rasmlarda tasvirlangan narsalarning nomini yoza oladi; berilgan matndagi xatolikni aniqlab, toʻgʻri variantini yoza oladi; berilgan soʻzlardagi harflarning oʻrnini oʻzgartirib, yangi soʻzlar hosil qilib, yoza oladi; rivoyatdan chiqargan xulosasini yoza oladi; topshiriq orqali oʻrgangan maʼlumotlari asosida qoida tuzib, yoza oladi; ota-onasiga minnatdorchilik xati yoza oladi.
Lingvistik bilim: oʻrin joy otlari imlosi; -loq, — zor qoʻshimchalari imlosi; xatning tuzilishi; murojaat birliklari; paronimlar imlosi.
Lugʻat boyligi: dars – darz; koʻr, kar, ayoz; otdosh, qir, qirgʻoq, qirra, tup, tub, turb, turup, tuvak, tubak, oʻtloq, toshloq.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: berilgan jumlalar asosida suhbat uyushtira oladi.
Oʻqib tushunish: xattaxtada berilgan mashq va topshiriqlarni oʻqib, bosqichli amallarni mustaqil bajara oladi.
Yozma nutq: rasmlar asosida maʼnodosh soʻzlarni aniqlab, yoza oladi; soʻzlarni maʼnosiga koʻra ikki ustunga ajratib yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |