Oʻqib tushunish: berilgan yoʻriqnoma matnini oʻqib, shu asosda harakatlarni ketma-ketlikda amalga oshira oladi; informativ matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlar (faktlar, detallar)dan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi.
Yozma nutq: audiomatn asosida muhim jihatlarni qayd eta oladi; berilgan matn tarkibidan foydalangan holda yaxlit matn yoza oladi; berilgan namuna asosida oʻzi haqidagi dastlabki maʼlumotlarni (ism-familiya, tugʻilgan joy, sana va h.k.) maʼlumotlar yoza oladi; sonlarni soʻzlar bilan ifodalab yoza oladi; qoʻllanma asosida ikki xil vaziyatdan biri haqida fikrini asoslagan holda matn tuza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; soʻz yasovchi qoʻshimchalar: -be, -no, -li; miqdorni bildiruvchi soʻzlar.
Lugʻat boyligi: planshet, smartfon, noutbuk, kompyuter, internet, matndagi soʻz va iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: oʻtilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni tinglab, dalillar orqali munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: aqlli yordamchilar, qoʻshimchalar haqida gapirib bera oladi; topshiriqlarni bajarish jarayonida erkin fikr bildira oladi, fikrini himoya qila oladi.
Oʻqib tushunish: xattaxtada berilgan mashq va topshiriqlarni oʻqib, bosqichli amallarni mustaqil bajara oladi.
Yozma nutq: soʻzlarga qoʻshimchalar qoʻshib yoza oladi; berilgan soʻzlarni oʻzbekcha hamda chet tildan kirib kelgan soʻzlarga ajratib, yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻz yasovchi qoʻshimchalar: -be, -no, -li; oʻzlashma soʻzlar.
Lugʻat boyligi: oʻzlashma soʻzlar.
SOʻZDAN SOʻZNING FARQI BOR
(8 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: soʻzning maʼnaviy qudrati, soʻzning serqirra maʼnolari, taʼsiri, kishilik jamiyatida tilning ahamiyati, muloqot odobi, soʻzni toʻgʻri qoʻllashga doir tavsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |