Lingvistik bilim: qoʻshimchalar; soʻz yasovchi va soʻzlarni bogʻlovchi qoʻshimchalar; soʻzning lugʻaviy maʼnosi; sintaksis (gap).
Lugʻat boyligi: iqtisodiy atamalar, pul, jamgʻarma, mahsulot, xasis, tejamkor, reklama, siylamoq, soʻl, qopqon, sotuvchi, xaridor.
YETTI XAZINA
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: yetti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va oʻrmonni nazarda tutilishi, bu narsalarning ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyati haqida maʼlumot berish, oʻquvchilarni oʻz biznes rejasini tuzishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: “Yetti xazina” audiomatn hamda matn asosida berilgan savollarni tushuna oladi; eshitganlari asosida harakatlarni tartiblay oladi; tinglagan matnidan feʼllarni ajrata oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida ravon gapira oladi; matnga tayanib qayta xotirlagan voqeaga munosabat bildira oladi; badiiy matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlardan savol berilganda javob bera oladi hamda javobini asoslab bera oladi; hikoyadan chiqargan xulosasini aytib bera oladi; voqelikni tahlil qilib, munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: matn asosida qahramonlarning xislatlarini sanab bera oladi;
hikoya xulosasini aniqlay oladi; badiiy matnlarning mazmuni haqidagi savollarga javob berib, javoblarini asoslay oladi; matnda uchragan ayrim soʻzlarni izohi bilan moslashtira oladi; sheʼr syujetini tushunib, unga boshqa sarlavha topa oladi; sheʼrdagi voqealar asosida berilgan jadvalni toʻgʻri fikrlar bilan toʻldira oladi.
Yozma nutq: rasmni tasvirlab gap tuzib, yoza oladi; hikoya asosida xulosasini yoza oladi; rasmli koʻrsatmalar asosida bugʻdoyning nonga aylanish jarayoni haqida hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: harakatni bildiruvchi soʻzlar; soʻz yasalishi; leksik birliklar; talaffuz va imlo; qanday? soʻrogʻiga javob boʻluvchi soʻzlar.
Lugʻat boyligi: xazina, moyjuvoz, tegirmon, sigir, asalari, ipak qurti, tovuq, oʻrmon, choʻpchak, botmon, jannatmonand, gʻalvir, muazzin, yovvoyi, xonaki…
Do'stlaringiz bilan baham: |