Lugʻat boyligi: Mars, sayyora nomlari, teleskop, mitti, kosmos, Somon yoʻli, kibr, fantastik hikoya, matndagi iboralar.
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga zamonaviy texnologiyalar va ularning turmushimizdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berish, texnologik taraqqiyotga sabab boʻlayotgan omillarni koʻrsatish bilan birga, ularda ixtirochilik koʻnikmalarini shakllantirish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, topshiriqlarni mustaqil bajara oladi; audiomatndan harakatni ifodalovchi soʻzlarni ajrata oladi; eskplitsit va implitsit maʼlumotlarni aniqlay oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmda aks etgan texnologiyalar haqida ravon gapira oladi; jamoaviy ishda oʻz fikrini ifodalay oladi; loyiha ishida fikrlarini ravon va tartibli ifodalab, ogʻzaki taqdimot qila oladi.
Oʻqib tushunish: informativ matnni ravon, ifodali oʻqiy oladi; matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; tanishgan nazariy maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi; berilgan fikrlarni toʻgʻri tasniflay oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qila olish orqali xulosalar chiqara oladi.
Yozma nutq: berilgan fikrlarni toʻgʻri tasniflab, yoza oladi; audiomatn asosida boʻsh oʻrinlarni mos soʻzlar bilan toʻldirib, yoza oladi; rasmga mos soʻzlarni yoza oladi; oʻrganganlari asosida savollarga javob yoza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; harakatni anglatadigan soʻzlar; leksik birliklar; olinma soʻzlar.
Lugʻat boyligi: texnologiya, ixtiro, virtual, robot, sensor, radio, matnda ishtirok etgan iboralar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlari toʻqigan hikoyani eshitib, uni mantiqan davom ettira oladi.
Ogʻzaki nutq: hikoyani davom ettirgan holda davomini toʻqib gapira oladi.
Oʻqib tushunish: xattaxtadagi matnlar, topshiriqlarni oʻqib tushunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |