Lingvistik bilim: harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini ifodalovchi soʻzlar:-ma qoʻshimchasi; soʻzlarning kontekstual maʼnosi.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻzlar (dangasa, illat, dangasalik, xitob, shitob, odosh, tanbeh, tang, nolimoq), mavzuga oid iboralar (“bekor odam”/ “bekorchi odam”).
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini eshitib, ularga asosli munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: sinfdoshlarining nutqi samarali boʻlishi uchun ogʻzaki tavsiyalar bera oladi.
Oʻqib tushunish: topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: dangasalar aytadigan gaplarni aniqlab yoza oladi.
Lingvistik bilim: -ma qoʻshimchasi.
Lugʻat boyligi: mavzuga oid soʻz va iboralar.
TOMORQA
(9 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: dehqonchilik, bogʻdorchilik haqida atroflicha maʼlumot berish, bu sohalar bilan shugʻullangan holda daromad topish mumkinligini tushuntirish, tomorqa ekinlari, ularning turlari haqida maʼlumot berish.
Tinglab tushunish: audiomatn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi; matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida berilgan savollarga javob bera oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; oʻz tomorqasi haqida reja asosida gapira oladi; oʻqigan matnini qayta hikoyalay oladi; sheʼrni yoddan ayta oladi; mustaqil tayyorlangan loyihani taqdimot qila oladi.
Oʻqib tushunish: voqeaband matnda berilgan ochiq hamda yopiq maʼlumotlarni tushuna oladi; ertakka mos sarlavha topa oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi hamda undagi obrazlilikni topa oladi; ertakda aks etgan sabab-oqibatni tushuna oladi.
Yozma nutq: mavzuga oid maʼlum qoidalarni yoza oladi; voqealar ketma-ketligini yoza oladi; soʻzlarni izohi bilan moslab yoza oladi; sheʼrni oʻz nutqiga aylantirib yoza oladi; sheʼrdagi voqelik asosida matn tuza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |