Oʻqib tushunish: sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; matnda voqealarning sabab-oqibatini topa oladi; badiiy tasvir vositalarini topib, izohlay oladi; matnda ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni aniqlay oladi; sheʼrdagi qofiyadosh soʻzlarni topa oladi.
Yozma nutq: boʻsh oʻrinlarni harakatni ifodalovchi soʻzlar bilan toʻldirib yoza oladi; ertak xulosasini yoza oladi; tabiatni asrash haqida matn tuza oladi.
Lingvistik bilim: harakatni ifodalovchi soʻzlar; maʼnodosh soʻzlar; tinish belgilari.
Lugʻat boyligi: Ozon qatlami, atmosfera, atrof-muhit, kimyoviy elementlarning nomlari, badiiy matnlardagi izohlangan soʻzlar.
VIRUS NIMA?
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: virus va uning turlari haqida maʼlumot berish, shaxsiy gigiyena va viruslardan himoyalanishning boshqa qoidalari bilan tanishtirish, koronavirus, uning xavfli haqida ogohlantirish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglash asosida berilgan savollarga javob bera oladi; audiomatndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi.
Ogʻzaki nutq: rasmda tasvirlangan holatlarni yoʻnaltiruvchi savollar orqali gapirib bera oladi; olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; rasm asosida sabab va oqibatni tushungan holda munosabat bildira oladi; badiiy matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlardan savol berilganda javob beradi hamda javobini asoslab bera oladi; karantin vaqtida nimalar bilan band boʻlgani haqida gapirib bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqib tushuna oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; hikoyaning davomini taxmin qila oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, undagi obrazlilikni tahlil qila oladi.
Yozma nutq: oʻzining qobiliyatlari haqida yoza oladi; rasmdagi tanlovlar asosida tavsiya yoza oladi; boʻsh oʻrinlarga mos soʻzlarni qoʻyib yoza oladi; olinma soʻzlarning izohini tanlab yoza oladi; berilgan topshiriq asosida roʻyxat tuza oladi; maʼlumot va rasmlardan foydalanib, virus haqida xabar matni yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |