Oʻqib tushunish: matnni oʻqib tushuna oladi va ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlar asosida savollarga javob bera oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi; ikki bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; sheʼriy matndagi ohangdoshlikni hosil qiluvchi soʻzlarni aniqlab, sheʼrni ifodali oʻqib yoddan aytib bera oladi.
Yozma nutq: okean va qitʼani farqlab yoza oladi; matn asosida gap tuzib yoza oladi; tinglagan matni asosida 3 ta gap tuzib yoza oladi; matnni tahrir qila oladi, tahrir qilingan oʻz matnini qayta yoza oladi; qofiyadosh soʻzlarni topib, yoza oladi.
Lingvistik bilim: bosh harflar imlosi; -ni, -ning, -ga, -da, -dan qoʻshimchalari; -lar qoʻshimchasining koʻplikni ifodalashi; hajm-oʻlchovni bildirgan soʻzlar; gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari.
Lugʻat boyligi: suv havzalarining nomlari (okean, ummon, dengiz, daryo), paluba, toʻlqin, machta va h.k.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: savollarga berilgan javoblarni eshitib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, berilgan topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: berilgan koʻrsatmalar asosida boshlanmalardan birini tanlab xat yoza oladi; matnni tahrir qilib, uni qayta yoza oladi.
Lingvistik bilim: darak, soʻroq va buyruq gaplar; tinish belgilari; imlo.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
BARAKA DARYOSI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Osiyoning eng yirik daryolaridan biri boʻlgan Amudaryoning xalqimiz turmushidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy ahamiyati haqida atroflicha maʼlumot berish, daryolarning yuzaga kelishi, tabiatdagi oʻrni va vazifalari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |