Lingvistik bilim: nutqiy mavzu davomida egallangan bilim, koʻnikmalarni mustahkamlash.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
OʻZBEKISTONNING OʻZIGA XOS TABIATI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: Oʻzbekistonning dunyo xaritasidagi oʻziga xos geografik oʻrni, iqlimi, tabiati – hayvonot va nabotot olami haqida atroflicha maʼlumot berish, tabiatni asrashga doir koʻnikmalarni shakllantirish.
Tinglab tushunish: audiomatn asosida berilgan savollarni tushuna oladi; eshitgan maʼlumotlarini toʻgʻri ketma-ketlikda tartiblay oladi.
Ogʻzaki nutq: xarita hamda qisqa maʼlumotlar asosida Oʻzbekistonning tabiati haqida gapira oladi; rasm asosida mavzu bilan bogʻliq savollarga javob bera oladi; matndan olingan parchaning ikki xil variantda ifodalagan mazmunini farqlab, izohlay oladi.
Oʻqib tushunish: xaritani tushuna oladi; mavzu asosidagi ertakni ravon oʻqiy oladi; matn qismlari ketma-ketligini aniqlay oladi; sheʼrni ifodali oʻqib, undagi obrazlilikni tahlil qila oladi; maʼlumotlar matnning qaysi qismiga oid ekanligini aniqlay oladi.
Yozma nutq: tartibsiz harflardan soʻzni topib, yoza oladi; audiomatn asosida yoʻriqnomadan foydalanib maʼlumot yoza oladi; soʻzlarning izohini moslab yoza oladi; matn asosida xulosa yoza oladi; sheʼr matni asosida manzarani tasvirlab yoza oladi; rasm asosida tasviriy matn yoza oladi.
Lingvistik bilim: soʻz turkumlari; bosh harflar; maʼnodosh soʻzlar.
Lugʻat boyligi: hayvonlar, suv havzalari, joy nomlari, davlatlarning nomi, badiiy matnlardagi izohlangan soʻzlar.
ANTARKTIDA – MUZ SALTANATI
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchiga Antarktida kontinenti, uning dunyo xaritasidagi joylashuvi, iqlimi, hayvonot dunyosi haqida ensiklopedik maʼlumotlar berish, ularni sovuq oʻlkalarda yashovchi jonzotlarning oʻziga xos hayot tarzi bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |