Oʻqib tushunish: ertak matnini ravon oʻqiy oladi; sheʼriy matnni ritmga eʼtibor bergan holda ravon ijro qila oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushunadi; sheʼriy matndagi ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; topishmoqlarni oʻqish va javobini topishda qaysi belgilariga eʼtibor qaratish lozimligini tushuna oladi.
Yozma nutq: rasmdagi mahsulotlar va vitamin bogʻliqligini aniqlab yoza oladi; oʻrganganlari asosida vitaminlarning xususiyatlarini yoza oladi; qahramonning sifatlarini ajratib yoza oladi; kasallik varaqasini toʻldirib yoza oladi.
Lingvistik bilim: -jon qoʻshimchasi; soʻz yasalishi (foyda+li); talaffuz va imlo; maza-taʼm, shakl-hajm, rang-tus, xususiyat kabi belgi bildiruvchi soʻzlar.
Lugʻat boyligi: vitamin nomlari, maza-taʼm, shakl-hajm, rang-tus, xususiyat kabi belgi bildiruvchi soʻzlar.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: savollarga berilgan javoblarni eshitib, ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: uy vazifasi yuzasidan yozilgan matnlarga munosabat bildira oladi, tahlil qila oladi.
Oʻqib tushunish: nutqiy mavzular asosida berilgan savollarni, topshiriqlar shartini oʻqib tushuna oladi.
Yozma nutq: rasm asosida berilgan mahsulotlar tarkibidagi vitaminlarni yoza oladi; ramziy maʼnodagi “kasallik” haqida yoza oladi.
Lingvistik bilim: nutqiy mavzu doirasidagi lingvistik bilimlar.
Lugʻat boyligi: nutqiy mavzu doirasidagi soʻz va iboralar.
TABIATNI ASRAYMIZ
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: hozirgi kundagi eng katta ekologik muammolar, bu muammolarni keltirib chiqarayotgan omillar, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha maʼlumot berish, ekologiyani asrashga targʻib qilish.
Tinglab tushunish: Ozon qatlami haqidagi audiomatnni tinglab, rasm asosida berilgan savollarga javob bera oladi; matn va rasm aloqadorligini tahlil qila oladi; informativ matndagi ochiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushuna oladi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: olinma soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qila oladi; mavzuga oid berilgan rasmlarni ogʻzaki tasvirlab bera oladi; matnlar asosida berilgan savollarga asosli javob bera oladi, javobini izohlay oladi; ertakni qayta hikoya qilib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |