mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi


Download 104.42 Kb.
bet61/80
Sana10.03.2023
Hajmi104.42 Kb.
#1257300
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
1-3-sinflar-dastur

Lingvistik bilim: talaffuz va imlo; gap; tinish belgilari.
Lugʻat boyligi: gripp, COVID-19, virus, bakteriya, pandemiya, karantin, badiiy matnlardagi izohlangan soʻzlar.


Mustahkamlash darsi (1 soat)


Tinglab tushunish: mavzuga oid muhokamada bildirilgan munosabatlarni eshitib tushuna oladi, fikrlarga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: oʻz fikrini dalillar bilan ifodalab bera oladi; matnini qayta hikoyalab bera oladi; fikrni davom ettirib gapira oladi.
Oʻqib tushunish: berilgan savollarga matnga qaytib javob topa oladi.
Yozma nutq: xato soʻzlarni toʻgʻrilab yoza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo.
Lugʻat boyligi: matnda qoʻllangan olinma soʻzlar.
DANGASALIK – YOMON ILLAT
(10 soat)


Nutqiy mavzuning gʻoyasi: dangasalikning shaxsiy rivojlanishdagi eng katta toʻsiq ekanini tushuntirish, dangasalikning koʻrinishlari, alomatlari bilan tanishtirish, kishi dangasa boʻlib qolmasligi uchun qilishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berish, boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishga doir takliflar berish.
Tinglab tushunish: mavzuga oid multfilmni koʻrib/tinglash asosida berilgan ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni aniqlay oladi; vizual informatsiyani oʻqigan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi; savollarga berilgan javoblarni eshitib tushunadi va ularga munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: matnlarni ravon va ifodali oʻqiy oladi; ertakdagi eksplitsit va implitsit maʼlumotlarni aniqlay oladi; sheʼr matnini tushunishga qaratilgan savollarga javob bera oladi; sheʼrdagi voqealarni aytib bera oladi; voqealar zanjirini davom ettira oladi.
Oʻqib tushunish: sheʼrni ifodali va ravon oʻqiy oladi; maʼlumotlar matnning qaysi qismiga oid ekanligini aniqlay oladi; sheʼrdan olingan qatorlar bilan ularning mazmunini moslay oladi; matnda berilgan maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali xulosalar chiqara oladi.
Yozma nutq: namuna asosida gaplar tuzib yoza oladi; berilgan maʼlumotlar asosida kichik hikoya yoza oladi; hikoya tuzishda yoʻl qoʻygan xatolari ustida mustaqil ishlay oladi; rasmni tasvirlab yoza oladi.

Download 104.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling