Lingvistik bilim: soʻz yasalishi: -la qoʻshimchasi; ot soʻz turkumi; -lar qoʻshimchasi; maʼnodosh soʻzlar.
Lugʻat boyligi: tomorqa, bogʻ, issiqxona, poliz, gulzor, bogʻ, mavzuga oid iboralar (gardaniga tushmoq), maqollar, sheʼr.
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini eshitib, ularga asosli munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: rasm asosida hamda oʻziga qarata berilgan savollarga javob bera oladi.
Oʻqib tushunish: tanishgan maʼlumotlaridan topshiriqlarni bajarishda foydalana oladi.
Yozma nutq: matn asosida 5 ta savol tuzib, yoza oladi.
Lingvistik bilim: talaffuz va imlo.
Lugʻat boyligi: tez aytishlar.
JAMGʻARMA PULLARIM
(7 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchida tejamkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularga dastlabki iqtisodiy tushunchalarni oʻrgatish, pul bilan muomala qilish, yigʻish va maqsadli sarflashga oʻrgatish, kommunal toʻlovlar haqida maʼlumot berish, kommunal xizmatlardan unumli foydalanishga oʻrgatish.
Tinglab tushunish: audiomatn yuzasidan berilgan toʻgʻri va notoʻgʻri fikrni aniqlay oladi; audiomatn mazmunini ochuvchi kalit soʻzlarni aniqlay oladi; audiomatn asosida berilgan topshiriqlarni tushungan holda bajara oladi.
Ogʻzaki nutq: ikki xil rasmdagi tasvirni qiyoslab fikr bildira oladi; vaziyatga tanqidiy munosabat bildira oladi; xasis va tejamkor odamni farqlab, munosabat bildira oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: hikoyaning boshlanish sababini aniqlay oladi; matnda qoʻllangan fikrlarning sabab-oqibatga koʻra bogʻlanishini tushuna oladi; matn qismlarini toʻgʻri tartiblay oladi; matndagi maʼlumotlarni integratsiya qilish orqali qahramonlarga taʼrif bera oladi; hikoya qahramonining xulosasini tahlil qila oladi; voqealarni toʻgʻri xronologik tartibda joylashtira oladi; sheʼr matni asosida ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi.
Yozma nutq: ikki jihatni oʻzaro farqlab, tasniflab yoza oladi; namuna asosida gaplar tuzib yoza oladi; roʻyxat tuzib, yoza oladi; voqea-hodisaning sababini aniqlab, yoza oladi; sheʼr asosida bitta xulosa yoza oladi; loyiha mavzusi asosida gaplar tuzib, yoza oladi; rasm asosida hikoya yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |