Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshlarining nutqini eshitib, ularga asosli munosabat bildira oladi.
Ogʻzaki nutq: yetti xazina haqida oʻrganganlari asosida mustaqil gapira oladi; boshqalarning nutqiga munosabat bildira oladi.
Oʻqib tushunish: matndan notanish soʻzni topib, guruh bilan muhokama qila oladi.
Yozma nutq: notanish soʻzlarni aniqlab, ularning izohini yoza oladi; yetti xazinadan biridan olinadigan daromad haqida matn tuza oladi.
Lingvistik bilim: oʻrganilgan til birliklarini nutqda qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi: matndagi soʻz va iboralar.
QIZIL SAYYORA
(6 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchilarga Quyosh tizimi va Mars sayyorasi haqida ensiklopedik maʼlumotlar berish, Mars sayyorasiga uchirilgan kosmik qurilmalar va Marsni zabt etishga qaratilgan loyihalar bilan tanishtirish, oʻquvchilarni astronomiya, astrofizika va fazogirlik kabi sohalarga qiziqtirish.
Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, ochiq va yashirin maʼlumotni aniqlashga qaratilgan maʼlumotlarni topa oladi; audiomatn asosida shaxsiy nuqtayi nazarini ayta oladi.
Ogʻzaki nutq: audiomatnda berilgan notanish soʻzlarni toʻgʻri va ravon talaffuz qila oladi; audiomatnning bir qismini gapirib bera oladi; maʼlumotlar asosida ketma-ketlikda ogʻzaki fikr ifodalay oladi.
Oʻqib tushunish: dialogni ravon va qahramon vaziyatiga kirib oʻqiy oladi; oʻqilgan matnga mos maqolni tanlay oladi; hikoyadagi hayotiy haqiqat va toʻqimani farqlay oladi; sheʼr matni asosida ochiq hamda yopiq ifodalangan maʼlumotlarni topa oladi; badiiy tasvir vositalarini topib izohlay oladi; oʻqilgan sheʼrga boshqa sarlavha qoʻya oladi.
Yozma nutq: soʻzlarni tartiblab, gap tuzib, yoza oladi; rasm asosida sayyora nomlarini tartib bilan yoza oladi; rasm asosida berilgan koʻrsatma asosida fantastik hikoya yoza oladi.
Lingvistik bilim: qator undoshli soʻzlar; qoʻsh undoshli soʻzlar; talaffuz va imlo; ega; kesim.
Do'stlaringiz bilan baham: |