mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Ogʻzaki nutq
- Oʻqib tushunish
- Yozma nutq
Lingvistik bilim: yil davomida oʻrgangan lingvistik bilimlarini nutqda toʻgʻri qoʻllay oladi.
Lugʻat boyligi: boʻlim va nutqiy mavzular doirasidagi soʻzlar, soʻz birikmalari, ibora, maqol, tez aytish va topishmoqlar. II SINF I BOʻLIM. OʻZBEKISTON – MENING VATANIM! (12 SOAT) VATANPARVARLIK NIMA? (6 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: oʻquvchida vatan haqidagi tushunchalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini hosil qilish, vatanga, xalqiga fidoiylikning natijalari, buning ijtimoiy ahamiyati haqida tasavvur uygʻotish. Tinglab tushunish: mavzu va matn asosida berilgan savollarni, tandir haqida oʻqilgan matnni eshitib tushuna oladi; eshitilgan matndan narsa, shaxs nomi, harakat, belgi va miqdorni bildiruvchi soʻzlarni ularning soʻroqlari boʻyicha ajrata oladi; vizual informatsiyani tinglangan matniy informatsiya bilan bogʻlay oladi. Ogʻzaki nutq: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 ta viloyat nomini toʻgʻri talaffuz qila oladi; vatanparvarlik haqida berilgan savollarga rasm asosida javob bera oladi; matn asosidagi topshiriq boʻyicha rasmni ogʻzaki tasvirlab bera oladi; oʻqilgan matndagi qahramonlar haqida maʼlumotlarni qayta bayon qila oladi; qahramonlarni, berilgan rasmni tasvirlab bera oladi; rasmdagi voqealarni ogʻzaki talqin qila oladi; suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat bildira oladi; chizgan Vatan manzarasini gapirib bera oladi. Oʻqib tushunish: matnni ravon oʻqiy oladi; badiiy hamda informativ matnlarning mazmuni haqidagi savollarga javob berib, javoblarini asoslay oladi; vatanni asrash haqidagi matnda uchragan ayrim soʻzlarni izohi bilan moslashtira oladi; matnda qoʻllangan fikrlarning sabab-oqibatga koʻra bogʻlanishini tushuna oladi; matnda qoʻllangan iboralarning maʼnosini tushunadi (bir yoqadan bosh chiqarmoq); sheʼriy yoki nasriy matndagi qahramonlarga taʼrif bera oladi; sheʼr syujetini tushunib, unga boshqa sarlavha topa oladi; sheʼrdagi voqealarni toʻgʻri ketma-ketlikda joylashtira oladi va fikrlar ichidan toʻgʻri fikrni topa oladi. Yozma nutq: Vatan tushunchasi bilan bogʻliq soʻzlarni toʻgʻri yozadi va boʻgʻinga toʻgʻri ajrata oladi; joy nomlarining bosh harflar bilan yozilishini biladi; matn va jadvalni topshiriq asosida toʻldira oladi; matn qismlarini berilgan kichik mavzular asosida tartiblay oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling