Soyasini yo‘qotgan odam


Download 441.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi441.1 Kb.
#1509668
  1   2   3
Bog'liq
ASRORBEK 682-22



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI KOMPYUTER 
INJINIRINGI FAKULTETI IT- 
SERVIS
KAFEDRASI AKADEMIK YOZUV 
FANIDAN BAJARDI: 
SAIDMURODOV ASRORBEK 
QABUL QILDI: OYGUL 
XAMDAMOVA 


 
Soyasini yo‘qotgan odam 
Ahmad A‘zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasi qahramoni o‘z xayollari 
ichida yuruvchi inson. Xayollari girdobiga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, real 
hayotdan uzilib qolgandek,go‘yo. Xayolparast insonlarning do‘sti kam bo‘ladi. 
Hikoya qahramonining ham do‘sti deyarli yo‘q. O‘z ichki kechinmalarini
ruhiyatidagi qarama-qarshiliklarni, hissiyotlarini bo‘lishgani, to‘kib solgani bir 
yupanch, bir do‘st topolmaydi. 
Xayolan bunday insonni soyasi(do‘sti) yo‘q insonga qiyoslash mumkindir, ammo 
real hayotda-chi? Real hayotda soyasini yo‘qotgan odam ishonilishi mumkin 
bo‘lgan hodisa emas, lekin hikoya qahramoni hayotida bu chindan ro‘y beradi. 
Endi nima bo‘larkin? Jamiyat,undagi odamlar bunday g‘ayritabiiy insonni qanday 
qabul qiladi? Ahmad A‘zam hikoyada shu savollarga javob izlaydi.
Ahmad A‘zam deyarli ko‘pchilik asarlarida romantik kinoyaviy unsurdan ustalik 
bilan foydalanadi. 
Yuqorida tilga olingan hikoyada ham bu unsurdan mahorat bilan qo‘llanilganiga 
amin bo‘lamiz. Yozuvchi badiiy to‘qimasiga kitobxonni chindan ham ishontiradi. 
Aslida esa bu hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisa bo‘ladi. 


Ishonilishi qiyin bo‘lgan bunday badiiy to‘qima orqali yozuvchi jamiyatda bunga 
bo‘lgan munosabatni ko‘rsatadi. 
Bu munosabatlar ortida Ahmad A’zamning yumori va kinoyasini ko‘rishimiz 
mumkin. Bunday yumor Said Ahmad ijodida ham uchraydi. "Sobiq" hikoyasida 
buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Hikoya qahramoni soyasi bilan birga maqsadini ham yo‘qotgandek, tushunarsiz 
xayollarga g‘arq bo‘lgandek,go‘yo. 
Tushim bo‘lganda, tushuntirib berardim. Tushunmayapman ham, tushuntirib ham 
berolmayman. Soyam yo‘q, lekin yashab kelyapman soyamni yo‘qotgan bo‘lsam-
da... 
Bu hikoyani katta qiziqishlar bilan o'qidim, lekin juda ham tushuna olmadim. Turli 
xil fikrlarga keldim. 
Ramziy ma'noda oladigan bo'lsak, soyasini yo'qotgan inson maqsadlarini yo'qotgan 
insondek go'yo. Maqsadini yo'qotgan inson ham shunga o'xshash ahvolga, hayollar 
og'ushiga tushadi. Inson o'z oldiga aniq bir maqsadlarni qo'ymog'i lozim kabi 
xulosaga kelish mumkin. 
Shunday oladigan bo'lsak, inson qanday bo'lsa ham o'zini boricha qabul qilishi 
kerak, shukur qilishi kerak degan fikr keladi. Insonning nuqsoni bo'lsa ham 
hayotda borligiga shukr qilib yashashi kerak, odamlar ham uni boricha qabul 
qilishi lozim deb xulosalashimiz mumkin 
Bularning hammasiga ko'p kitob o'qiganlikdan degan fikr ham mavjud hikoyada. 
Bu to'g'ri fikr emas deb hisoblayman. Agar fikr to'g'ri bo'lsa, boshlig'i ham xuddi 
shu ahvolga tushgan bo'lar edi, chunki boshlig'i ham shu kitoblarni o'qiganligini 
aytib o'tadi. 
Yana bir xulosali joyi shundaki, bolaning qiz nuqsonini bilsa ham u bunga ko'nadi. 
Bu ham yaxshi. 
Balkim asarda jamiyatdagi nuqsonlar tasvirlangandur, chunki jamiyat haqida ham 
gap ketadi hikoyada. Men shunga o'xshash ko'olab xulosalarga keldim, lekin 
asarning aniq g'oyasini anglay olmadim. 
Rostini aytsam, Ahmad A‘zamning bu hikoyasida biror ibratli voqea, g‘oyaviy fikr 
bo‘lmagani uchun tushunmay ancha qiynaldim. Keyinchalik, hikoyadan ramziylik 
qidira boshladim. Hikoyadagi ramziylik sifatida bugungi turmushdagi g‘alati 
holatni ko‘rishga harakat qildim. Bu holat odamlarning arzimagan narsalar tufayli 


o‘z oldidagi maqsadlarini unutib qo‘yib, boshqa insonlarning shaxsiy hayotiga 
e‘tiborli bo‘lishi emasmikan deb o‘yladim. 
Hikoyadan ma‘lum bo‘ladiki, qahramonimiz soyasini yo‘qotib qo‘yishidan avval 
hamma unga bee‘tibor, o‘z ishlari bilan band bo‘lishadi. Ammo, arzimagan holat 
tufayli uning hamkasblari o‘z ishlariga mehr qo‘ygandek har kun ishiga erta kelib, 
kech ketishga odatlanadi. Hatto, yuqoridagi mansabdor shaxslar ham o‘z ishlari 
qolib, soyasi yo‘qolgan odamni ko‘rgani kelib-ketishlari kitobxonni o‘yga toldirib 
qo‘yadi. Eng g‘ayritabiiy holat qahramonning soyasini yo‘qolishiga uni ko‘p kitob 
o‘qishini sabab qilib ko‘rsatishadi.
Hikoyada biz e‘tibor berishimiz kerak bo‘lgan yana bir holat - bu muhabbat deb 
o‘ylayman. Hamma unga boshqacha ko‘z bilan qaraganda Mashxura ham ularga 
ergashmaydi. Haqiqiy sevishgan qalblargina hech qachon o‘zgarmaydi. Xoh soyasi 
bor bo‘lsin, xoh yo‘q... 
Hikoyani qo‘limdan kelgancha tahlil qilishga harakat qildim. Barcha o‘qigan 
asarimizni oqlashga majbur emasmiz. Bu hikoyadan hech qanday ibrat ololmadim, 
asarni yozishda maqsad ko‘rmadim (balki, mag‘zini yaxshi chaqa olmagandirman). 
(Ahmad Azamning Soyasini yo‘qotgan odam hikoyasiga bildirlgan fikrim.)
Uyqudan turib hovliga chiqadi nimaga chiqanini yodidan chiqaradi. Doim 
o‘zgarishsiz holat, bir xillik.
Muallif soyasi yo‘q odam deganda maqsadi yo‘q nima ish qilishni bilmaydigan 
insoni nazarda tutgan. 
Mirqosim aytdi-ku Heminguy, Folkiner degan Amerkalik odamni kitobini o‘qigani 
uchun soyasi yo‘qolgan deydi. Aslida bu yerda boshqa narsa nazarda tutilga 
yonimizdagi narsalar bilan cheklanib qolmasligimiz tashqi muhit bilan birgalikda 
nafas olish balki ularni doimiy kuzatishdan qo‘ldan chiqarmaslikimiz lozim. Yana 
bir narsa shu-ki Jahon adabiyoti ham o‘zligimizni anglab yetishimizda katta yo‘l.
Botir yig‘ilishda o‘z fikrini aytadi-ku bu yigitni ko‘nglida kiri yo‘q, faqat ko‘p 
kitob o‘qiydi deydi. 
Inson maqsadsiz ham yashash mumkin, ammo o‘zi o‘ylagan narsalarga 
erisholmaydi. 
Ahmad Aʼzam asarlarining har biri hozirgi oʻzbek adabiyotining nodir asarlari 
xazinasidan munosib oʻrin olgan. Yozuvchi oʻz asarlarida xalq tili goʻzalliklarini 
mahorat bilan qoʻllagan, shuningdek, oʻzbek xalqining ijtimoiy va maʼnaviy-
axloqiy hayotini haqqoniy, nihoyatda teran fikrlar asosida yoritib bergan betakror 
yozuvchilarimizdan biri hisoblanadi. Ahmad Aʼzam qahramonlari oʻz hayotini va 


atrofdagilarining hayotini, faoliyatini tahlil etadi, ularga tanqidiy kinoyaviy 
munosabatda boʻladi. Yozuvchi oʻzi bilan oʻzi gaplashayotgan, oʻzi bilan oʻzi 
kurashayotgan, fikrlayotgan, muhokama-mulohaza yuritayotgan kishilar 
ruhiyatidagi ziddiyatlarni koʻrsatib berish orqali chuqur psixologik tahlilga 
erishadi.
Ahmad Aʼzamning "Soyasini yoʻqotgan odam" hikoyasi qahramoni ham "oʻzi 
bilan oʻzi gaplashuvchi" qahramonlardan biri. Hikoya qahramoni soyasini yoʻqotib 
qoʻyadi. Aslida, jism borki, albatta, uning soyasi ham boʻladi. Yozuvchi hikoyada 
soyasini yoʻqotib qoʻygan qahramon sarguzashtlarini batafsil hikoya qiladi. Uning 
bu nuqsoni butun boshli tashkilotni oyoqqa turgʻizadi. Avvaliga qahramonning 
oʻzi bu mudhish voqeani anglamay yuraveradi. Nihoyat, hamkasbi Barot uni bu 
mudhish falokatdan xabardor qiladi. Ana shundan keyin qahramonimiz hayotidagi 
butun oʻzgarish va sarguzashtlar boshlanadi. U boshiga tushgan koʻrgulikni katta 
gʻalva ekanini anglab, avvaliga, xayolida boʻlajak voqealarni jonlantiradi. Uning 
xayolida kechgan voqelik kun kelib reallashadi. Kutilmaganda qahramonimiz 
barchaning diqqat-e'tiborini tortadi, uning soyasi yoʻqligini kazo-kazo amaldorlar 
ham kelib tomosha qilib ketishadi.
Hikoyaning mazmun-mohiyatiga kelsak, yozuvchi tasavvurga sigʻmaydigan 
illuziya yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga kinoyaviy tanqidiy 
nigoh tashlaydi. Deylik, byurokratizm, oʻz vaqtini, umrini behuda ishlarga sarf 
etayotgan kishilar, hamkasblarining qahramonimizning holatiga siyosiy tus 
berishlari, ahmoqona mulohazalar, fikrlash, siyosat, ijtimoiy tuzum ustidan 
yozuvchining ayyorona va aqlli kulgusini koʻrishimiz mumkin 
Ushbu hikoyani o'qishim jarayonida hikoyaning asosiy maqsadi nima ? Yozuvchi 
nimani tushuntirmoqchi , nima demoqchi ? shu savollarga javob izlash bo'ldi. 
Chunki bosh qahramonning ruhiy holati o'zgacharoq, nima qilayotganini , nima 
sababdan shu ishni qilayotganini tushunmaydi. Fikrimcha, bu inson o'zning 
maqsadi , yashashidan maqsadi ni unutgan yoki bilmaydi. Go'yoki Yo'lini unutgan 
yo'lovchiga o'xshaydi. Uning ko'zlagan marrasi yoki aniq bir maqsadi yo'qligi 
sababli qalbida va hayolida bo'shliqlar paydo bo'ldi. Nima uchun yashayotganini , 
yashashdan maqsadi nima ekanligini bilmaydi.Balki biz, hammamiz ham 
bilmasmiz ?! Balki muallif shuni nazarda tutgandir. Jamiyatdagi kamchiliklar ham 
to'xtalib o'tgan. Masalan, atrofidagilarni unga boshqacha nazarda qarashi yoki 
be'etibor munosabat bildirishi unda g'alati his larni paydo qiladi. Yozuvchi bu 
hikoyasida aynan nima demoqchiligini, qaysi g'oyani ochib bermoqchi bo'lganini 
to'liq tushunmadim. Biroq hikoyada biz ilg'amagan jihat va g'oya menimcha yana 
bor.


DOKLAD 

Download 441.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling