Soyasini yo‘qotgan odam


Akademik yozuv fanining dolzarbligi


Download 441.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi441.1 Kb.
#1509668
1   2   3
Bog'liq
ASRORBEK 682-22

Akademik yozuv fanining dolzarbligi. 
 AKADEMIK YOZUVNING ROLI VA AHAMIYATI. 
Reja: 
1. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi. 
2. Akademik yozuv va uning xususiyatlari. 
3. Ilmiy faoliyatda akademik yozuvning ahamiyati
Mavzuning maqsadi — talabalarga fanning maqsadi va vazifalari haqida 
ma’lumot berish. 
Asosiy tushunchalar — akademik yozuv, ilmiy faoliyat, mantiqiy tuzilma, ilmiy 
matn. 
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida ona tilining o‘rni beqiyosdir. O‘z 
ona tilini bilmagan odam boshqa tillarni mukammal bilgan taqdirda ham uning 
qadriga yetmaydi. Til milliy madaniyat, ma’rifat va ma’naviyatning ko‘zgusi 
xisoblanadi. Mamlakatimizda davlat tili rivojiga alohida e’tibor qilinayotganligi 
bejizga emas. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 
“Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur” va boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu 
yo‘nalishdagi ishlarning asosiy jihatlari ko‘rsatib berilgan. Bu qonunlarning qabul 
qilinishi ta’lim sohasida katta islohotlarning amalga oshishiga olib kelmoqda. 
Xususan, rus guruhlarida o‘zbek tili ta’limini yanada ta’komillashtirishvazifasini 
qo‘ydi. 
“Akademik yozuv” fani talaba o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan har bir fan 
tarmog‘i bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ilmiy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam 
beradi va shunga muvofiq o‘z maqsad hamda vazifalariga ega. Akademik yozuv fani 


ham boshqa fanlar kabi o‘z tarixiga ega. Zamonaviy akademik yozuv fani tarixi 
1930-yilllarga borib taqaladi. Akademik yozuv yoki ilmiy yozuv bu badiiy adabiyot 
o‘quv ishining bir qismi sifatida ishlab chiqarilgan yozuv. 
Mazkur fanning maqsadi talabalarga ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy matn 
va uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, turli 
axborotlar, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir hamda o‘z mutahassisligiga oid terminlar, 
ularni tanalash va qo‘llashdagi o‘ziga xos xususiyatlar haqida ma’lumot berishdan 
iborat. 
Fanning vazifasi talabalarga o‘z sohasi doirasidagi so‘z va terminlarning 
shakllanishi, tilimizga qanday shakllarda kirib kelishi va qo‘llanishi, matnlarning 
tuzilishi va turlari, uni tahrir qilish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o‘rgatishdan 
iborat. Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, 
bakalavr bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarda ilmiy faoliyatni yo‘la qo‘yish va 
rasmiy hujjatllar matni bilan ishlashda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z 
sohasiga oid so‘zlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.
Har bir fan bo‘yicha talabalar, professor va tadqiqotchilar fikrlarni yetkazish, 
bahs-munozara qilish va ilmiy muloqot qilish uchun akademik yozuvlardan 
foydalanadilar. Akademik yozuvlar faktlarga asoslanadigan misollar, aniq so‘z 
tanlash, mantiqiy tartib va shaxssiz tusga ega. Ba’zida kuchli ilmiy maqola deb 
qaralishiga qaramay, u o‘z nomiga qarama-qarshidir. Ya’ni u ma’lumot beradi, tahlil 
qiladi va soddallik bilan ishontiradi va o’quvchini ilmiy muloqotda tanqidiy ravishda 
shug‘ullanishga imkon beradi. Akademik yozuv deganda aynan yozuvning 
o‘zinigina tushinish xatodir. Bunda o‘z ilmiy auditoriyasiga ega, ilmiy dalillar bilan 
boyitilgan, sohaviy terminlar, ilmiy hamda rasmiy jumlalarga ega matn namunalari 
tushuniladi. Bunday matnlar shakli, mazmuni va qo‘llash maqsadi doirasida turlarga 
bo‘linadi. Xususan, rasmiylik uslubida, kanselyarizmdan foydalangan holda ma’lum 


ijtimoiy yoki kasbiy faoliyat doirasida qo‘llanuvchi matnlar, ilmiy izlanishlar va 
ularning tahlili asosida ilmiy atamalar bilan kengaytirilgan matnlar va boshqalar. 
Akademik yozuv ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishda yordam beribgina qolmay, 
mavjud matnni imloviy savodxonlik bilan shakllantirishga, axborotlarni animatsion 
shaklda yetkazishga, o‘rganilayotgan ilmiy matnlar doirasida yozma shaklda 
munosabat bildira olishga, mavjudlarini tahrirlay olishga o‘rgatadi. Akademik 
yozuv mantiqiy dalilni ob’ektiv nuqtai nazardan yetkazishda asosiy qurol vazifasini 
vajaradi. Akademik yozuvlar his-tuyg‘ularga, yovuzlikka yoki boshqa tilga tarjima 
qilingan tilga to‘sqinlik qiladi. Fikringiz bilan shaxsan rozilik berasizmi yoki rozi 
bo‘lmasangiz ham, uni qog‘ozda aniq va xolisona taqdim etishingiz kerak. 
Akademik yozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik 
aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida yani dolzarb bo‘lgan va jahon ta’lim hamda 
ilmiy hamjamiyatlarida ken tarqalgan kompotensiyasi bo‘lib, u o‘z ilmiy 
matnlaringizni o‘qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik 
yozuv nasr uslubidir. Odatda shaxssiz va g‘ayratli ohangda taqdim etiladi. U 
sinchkovlik bilan tasdiqlangan bilimlara asoslangan tanqidiy va xabardor 
auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki dalillarni mustahkamlash yoki e’tiroz 
bildirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu uslub akademik(ilmiy) kundalik hayotda 
qo‘llaniladi.

Download 441.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling