mening oilam (8 soat) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
Download 104.42 Kb.
|
1-3-sinflar-dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLALARNING SEVIMLI BAYRAMLARI (8 SOAT) Nutqiy mavzuning gʻoyasi
- Tinglab tushunish
- Oʻqib tushunish
Lingvistik bilim: vaqtni ifodalovchi konstruksiyalar; vaqt bilan bogʻliq metaforalar; daraxt, payvand kabi oxiri ikki undosh bilan tugovchi soʻzlarining aytilishi va yozilishi, buyruq-istak maylidagi feʼl haqidagi maʼlumotlarni oʻzlashtira oladi.
Lugʻat boyligi: soat vaqtlarini ifodalovchi soʻzlar; kun davomidagi faoliyatlarni ifodalovchi soʻzlar (uyqudan turish, nonushta qilish, katta tanaffus kabi); kun qismlarini ifodalovchi soʻzlar (kunbotar, tush, tong, tun); 1dan 99gacha boʻlgan raqamlar; vaqt bilan bogʻliq metaforalar (oltin, daryo). BOLALARNING SEVIMLI BAYRAMLARI (8 SOAT) Nutqiy mavzuning gʻoyasi: milliy hamda xalqaro bayramlar haqida tushuncha hosil qilish, bayramlarning kishilar hayotidagi oʻrni va ahamiyati, bayramlar nishonlanadigan sanalar haqida maʼlumot berish. Tinglab tushunish: audiomatnni tinglab, matn yuzasidan berilgan savollarga javob bera oladi, matn mazmuni asosida oʻz xulosasini ayta oladi; kayfiyatni ifodalovchi soʻzlar va vositalarni aniqlay oladi. Ogʻzaki nutq: dialogli matnni oʻqishda rolga kirisha oladi; bayram nomlari va sanasini toʻgʻri talaffuz bilan ayta oladi; qoʻshiq kuylash, boshqalar bilan birgalikdagi ritmni saqlay oladi; ogʻzaki nutqda d-t, q-gʻ tovushlarining almashib talaffuz qilinishini tushuna oladi; mashgʻulotga kirish vaqtida tushunib olish uchun aniqlashtiruvchi savollar bera oladi; rasm asosida bogʻlanishli nutq tuza oladi; maʼlum ketma-ketlikdagi jarayonni ogʻzaki ifodalay oladi. Oʻqib tushunish: dialogni oʻqib tushuna oladi; darak hamda soʻroq ohangini, dialogdagi suhbatdoshlarning nutqini farqlay oladi; undov belgisining gap ohangini kuchaytirishini tushuna oladi; bayramlar va sovgʻa haqida berilgan savollarga javob bera oladi; matn asosida ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarga asoslangan savollarga javob bera oladi; rasmlar va matnlarni moslashtira oladi; taqvim orqali sanani aniqlash (kun, oy, yil); jadvalni tushuna oladi; qoʻshiq uchun yozilgan sheʼrlarni ohangga mos oʻqiy oladi; d-t, q-gʻ tovushlarining almashib talaffuz qilinish holatlarini tushuna oladi; mavzu bilan bogʻliq sheʼriy matnlar tahlili; sheʼrdagi ohangdoshlik va qofiyadosh soʻzlarni ajrata oladi; ikki bosqichli koʻrsatmalarni tushuna oladi; fikrni dalillashda qoʻllanadigan til birliklari, ularning nutq tuzishdagi ahamiyatini oʻzlashtira oladi; matnni mantiqiy qismlarga boʻla oladi; matn uchun reja tuza oladi. Yozma nutq: oʻhhoʻ, voy, voyboʻy kabi undov soʻzlarini toʻgʻri yoza oladi; bayram nomlarining imlosi; bayram nomlari va sanalarini moslashtirib yoza oladi; metaforalarni qanday tushunganini yozib bera oladi; yaqin qarindoshlarni bayram bilan tabriklash uchun tabriknoma tayyorlay oladi; bayram turiga xos bezaklarni tanlab, rasm asosida bogʻlanishli nutq tuzib yoza oladi; bogʻlanishli nutqda voqealar ketma-ketligiga amal qila oladi. Download 104.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling