Oʻqib tushunish: yoʻl belgilarini izohlay oladi, soʻzlar bilan belgilar muvofiqligini aniqlay oladi; matnda ochiq va yopiq ifodalangan maʼlumotlarni tushuna oladi; sheʼrni ifodali oʻqiy oladi; sheʼrdagi obrazlarni tahlil qila oladi; topishmoqlarni oʻqib tushunadi va transport nomlarini topa oladi; xat yoza oladi berilgan koʻrsatmalarni oʻqib tushunadi, aniqlashtirish uchun savollar bera oladi.
Yozma nutq: rasm asosida gap tuzib yoza oladi; tanlagan yoʻl belgilari izohini yoza oladi; berilgan gaplarni oʻzgartirib yoza oladi; rasmlarga mos harakat va holatni ifodalovchi soʻzlarni yoza oladi; sinfdoshining hikoya tuzishda yoʻl qoʻygan xato soʻzlarni aniqlab yoza oladi; multfilmda eslab qolgan qoidalarini yoza oladi; matndan harakat va holatni ifodalovchi soʻzlarni aniqlab yoza oladi; qoidabuzar haydovchiga berilgan yoʻriqnoma asosida xat yoza oladi.
Lingvistik bilim: shaxs va narsalarning harakat-holatini bildiruvchi soʻzlar;
sarlavha; darak, soʻroq va buyruq gaplar.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; topishmoqlar; haydovchi, piyoda, yoʻlovchi, svetofor…
Mustahkamlash darsi (1 soat)
Tinglab tushunish: sinfdoshi tomonidan aytilgan qoidani tushuna oladi va tushunmagan jihatlariga aniqlik kiritish uchun savollar bera oladi.
Ogʻzaki nutq: savollarga javob bera oladi, javoblarini izohlab bera oladi.
Oʻqib tushunish: matnni kerakli soʻzlar bilan toʻldirib oʻqiy oladi; berilgan matn, savol va topshiriqlarni oʻqib tushunadi va munosabat bildira oladi.
Yozma nutq: matn asosida beshta qoida yoza oladi.
Lingvistik bilim: buyruq gaplar.
Lugʻat boyligi: mavzu bilan bogʻliq soʻz va iboralar; oʻyinlar.
NAVBATDA TURISHNI BILASIZMI?
(9 soat)
Nutqiy mavzuning gʻoyasi: navbatda turish madaniyatini shakllantirish, navbatda turish odobi, qoidalari bilan tanishtirish, navbatda turishning zarurati, foydali jihatlari haqida maʼlumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |