Mening vatanim


Download 51.48 Kb.
bet15/15
Sana18.06.2023
Hajmi51.48 Kb.
#1578740
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MENING VATANIM

SIROJIDDIN SAYYID
Qay bir insonlar bor
O'zi o'tsa ham,
Bus-butun qoldirgay nomusin, orin.
Bundaylar ortiga boqib so'nggi dam
Kesib ketmagaylar ekkan chinorin.
Bundaylar o'ziga sag'ana yasab,
O'zga saroylarni buzib tashlamas.
Foniy shu dunyoda iymonli yashab,
Izida aytgulik nomi qolsa, bas.
Asriy qafasni-chi buzmoqlik avlo,
Elin ozod etib kishan - kulfatdan.
Tarixda buzg’inchi so'zini ammo
O'chirib tashlasa bo’lgay lug'atdan.
Qolingda ko'chating, ek uni o'glon,
Koshona barpo et, poyingda g'isht bor.
Deyman, boglaringni bosmasin xazon,
Deyman, qasrlaring tursin ustuvor.
Men-chi, ko'ngil degan bir Vatan qurdim,
Mo’ jiza atadim oddiy go'shani.
Uni bo'ronlardan qo'riqlab turdim,
Tofon yiqitmasin, dedim o'shani.

*****
Aylayin qalbimni tortiq nurli bo'stonim, senga,


Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.
Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog' bolsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.
Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o'zing,
To hayotdirman, charog'im, shulayi shonim senga.
Yor-u do'stlar jam bolibdir, to’y qilur o'zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do'st-u mehmonim, senga.
Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o'zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.
Dilda borim sen uchundir, qolda torim sen uchun,
Qayda bolsam talpinurman, O'zbekistonim, senga.
ABDULLA ORIPOV


KO'P CHIQDIM MEN VATANIMNING TO'RIGA
Ko'p chiqdim men Vatanimning to'riga,
Poygagida senam oyoq yech, bolam.
Ekin ekkin uning qir-u o'rida,
Toldn ekkin, ekkin qolmay kech, bolam.
O'zga yurtlar shamollari chaqirdi,
Ko'z olguvchi jamollari chaqirdi.
Baland-u barkamollari chaqirdi,
Ketmadik biz. Ketolmadik hech, bolam.
Momong shu yerda chirqillab yo'qlaydi,
Bobong oyog'in uzatib uxlaydi.
Ketsak ular... go'rlarida yiglaydi,
Qolgan gaplar bari yolg'on, puch, bolam.
Alloh bizga o'zga Vatan yozmagan,
Bobosini, momosini bosmagan.
Yuz toTondan bir yaprog'i to'zmagan,
Metin bolam, qudrat bolam, kuch bolam!
Ko'p chiqdim men Vatanimning to'riga...

*****



Boshpanammi, bosh panohim,
Quyosh, mohim, manimsan.
Ko'nglim kuyib aytar ohim,
Qaytar ohim, manimsan.
Namozshomgul, xongullarim
O'padi o'ngirimni.
Yalpizlaring - singillarim,
Sotmaydi bir sirimni.
To'nsam oftobing isitib,
Tinsam suving jildirar.
Qo'nimi yo'q qushchalaring
Ayvonimda chuldirar.
Shu qushchalar orasinda
Men besh go'dak o'stirdim.
Har birida Vatan otlig' Ozod yurak o'stirdim.
Bir kun tugab olan, aytim,
Olsam qaro yerga yol,
Tug'ilganda boshimdayding,
Olarda ham boshda bol!
Vatan!
Shunda onaliging
Nogoh chuqur tuygaysan,
Besh bolamning ko'z yoshlarin
O'zing artib qo’ygaysan!
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
Download 51.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling