- Glyukozaning parchalanishi: hujayraviy nafas olish
- Energiya chiqaruvchi yoʻlga misol sifatida, keling, hujayralaringiz qand molekulasini (aytaylik, desertga tanovul qilgan shirinligingizdagi shakar) qanday qilib parchalashi mumkinligini koʻrib chiqamiz.
- Bir qancha hujayralar, xususan, tanamizdagi hujayralarning koʻpchiligi hujayraviy nafas olish deb ataluvchi jarayon orqali glyukozadan (C6H12O6) energiya oladi. Bu jarayonda glyukoza molekulasi asta-sekin bir qancha kichik bosqichlardan oʻtib parchalanadi
Glyukoza parchalangach, energiya ajraladi. Bu energiya hujayra tomonidan adenozin trifosfat (ATF) koʻrinishida qabul qilinadi. ATF hujayralarga energiyani qisqa muddatga saqlash imkonini beruvchi kichik molekula hisoblanadi. - Glyukoza parchalangach, energiya ajraladi. Bu energiya hujayra tomonidan adenozin trifosfat (ATF) koʻrinishida qabul qilinadi. ATF hujayralarga energiyani qisqa muddatga saqlash imkonini beruvchi kichik molekula hisoblanadi.
- ATF hosil boʻlgach, u energiya manbai sifatida hujayradagi boshqa reaksiyalar uchun ishlatiladi. Biz odamlar puldan foydalanamiz, chunki bu har safar tovar ayirboshlagandan koʻra osonroq, hujayralarda ham xuddi shunday, hujayralar energiya uzatish uchun standart yoʻl — ATFdan foydalanadi. Shu bois ATF baʼzan hujayraning “energiya valyutasi” deb ham taʼriflanadi.
Glyukozaning hosil boʻlishi: fotosintez Glyukozaning hosil boʻlishi: fotosintez - Energiyani talab qiluvchi metabolik yoʻlga misol sifatida soʻnggi misolimizdan foydalanamiz va qand molekulasining qanday hosil boʻlishini koʻrib chiqamiz.
- Glyukoza fotosintez deb ataluvchi jarayonda oʻsimliklar tomonidan hosil qilinadi. Fotosintez jarayonida oʻsimliklar karbonat angidridni qand molekulalariga aylantirishda yorugʻlik energiyasidan foydalanadi.
Biz kabi oʻsimliklar ham nafas olish jarayoni uchun energiyaga muhtoj, shuning uchun ham qand moddalarining baʼzi qismini oʻsimliklar oʻzi uchun ishlatadi. Shuningdek, ular quyidagi rasmda koʻrsatilgan olmaxon kabi oʻtxoʻr hayvonlarni oziq-ovqat manbai bilan taʼminlaydi. Ikkala holatda ham glyukoza hujayraviy nafas olish jarayoni orqali parchalanadi va hujayralar faoliyati uchun ATF hosil qiladi. - Biz kabi oʻsimliklar ham nafas olish jarayoni uchun energiyaga muhtoj, shuning uchun ham qand moddalarining baʼzi qismini oʻsimliklar oʻzi uchun ishlatadi. Shuningdek, ular quyidagi rasmda koʻrsatilgan olmaxon kabi oʻtxoʻr hayvonlarni oziq-ovqat manbai bilan taʼminlaydi. Ikkala holatda ham glyukoza hujayraviy nafas olish jarayoni orqali parchalanadi va hujayralar faoliyati uchun ATF hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |