Metall kesuvchi


Download 1.05 Mb.
bet47/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1363354
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Bog'liq
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm

Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar

  1. Metall kesuvchi stanoklarda materiallarga kesib ishlov berishning maqsadi va vazifalarini izohlang.



66



  1. Metall kesuvchi stanoklarning: a) texnologik belgi va ishlov berish aniqligi; b) universallik va avtomatlashtirilganlik darajalari; d) konstruk- tiv, massasi va bosh ishchi organlarining soni bo'yicha tasnifini izohlang.

  1. Stanoklami belgilash tizimi. Misollar keltirib izohlang.

  2. Stanoklarning asosiy tarkibiy qismlarini keltiring va izohlang.

  3. Metall kesuvchi stanoklardagi harakat turlarini ifodalang.

  4. Stanoklarning keltirilgan modellarini izohlang:

16К20П, 2Н135Ф2, 4Д772Е, 3M151, 5Д32, 862, 6Т80Ш, 2202ВМФ4, HC-12.



      1. bob. STANOKLAR KINEMATIKASI VA YURITMALARI

Bobning qisqacha mazmuni:

  1. Stanokning kinematik sxemasi. Kinematik sxemalarda qo‘llaniladigan shartli belgilar.

  2. Stanoklar yuritmalarining tasnifi.

  3. Yuritmalaming asosiy (namunaviy) mexanizmlari.

  4. Pog'onali yuritmalaming kinematik hisobi. Struktura setkasi va ay- lanish chastotalarining graflklari.

Tayanch so‘z va iboralar: 1. Kinematik sxema. 2. Uzatmalar. 3. Yurit- malar. 4. Mexanizmlar. 5. Boshqaruv diapozoni. 6. Struktura setkasi. 7. Ay- lanish chastotalari grafigi.
        1. Stanokning kinematik sxemasi. Kinematik sxemalarda qo‘llaniladigan shartli belgilar


Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayot- gan alohida elementlar va mexanizmlarning o‘zaro bog'lanishini ifo- dalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilin- gan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb hara- katni boshlang‘ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta’minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to‘plamiga aytiladi. Harakatni bir ele- mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g'ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi. Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd
67


ning yetaklovchi val aylanish chastotasi «vsh ga nisbatiga uzatish nis- bati
deyiladi:
/="vd/«vsh
Kinematik zanjirlar doimiy o‘zaro bog‘langan elementlardan tashkil topgan yoki almashinuvchi elementlarga ega bo‘lishi mumkin. Almashi- nuvchi elementlar ko‘pincha tishli g‘ildiraklar, disk yoki baraban shak- lidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. Almashinuvchi o‘zaro bog‘langan elementlar guruhi sozlash uzeli deb ataladi. Kinematik zanjirning tishli g'ildiraklardan tuzilgan sozlash uzeli gitara deb ataladi. Gitaralar bir, ikki va uch juftli bo‘lib, ko‘proq ikki juftligi uchraydi.
Kinematik zanjir oxirgi zvenolarining hisoblangan surilishlarini bog‘lovchi tenglamalar kinematik zanjir balansi deb ataladi.
Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi.
Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo‘lgan stanoklar uchun shuningdek gidravlik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham tuziladi.

        1. Download 1.05 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling