Metall kesuvchi


Rezba nakatka qilish stanoklari


Download 1.05 Mb.
bet93/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1363354
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm

Rezba nakatka qilish stanoklari


Rezba nakatka qilish stanoklari yassi va doiraviy plashkalarda ishlov- chi turlarga bo‘linadi. Yassi plashkali stanoklaming ish unumdorligi yuqori va aniq rezbalami hosil qilish imkoniyatiga ega. Zagotovkalar bunkerdan ishlov berish zonasiga qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas plash- kalar orasiga kelib tushadi. Qo‘zg‘aluvchan yassi plashka elektr dviga- tel, tasmali uzatma, tishli g'ildirak uzatmasi va krivoship—shatunli mexanizm orqali ilgarilama-qaytar harakat qiladi (15.8-rasm).
Yassi plashkalar yordamida diametri 2...25 mm va uzunligi 125 mm gacha bo'lgan sirtlarda rezba hosil qilinadi. Bu usulning ish unumdorligi yuqori, lekin rezbaning aniqligi doiraviy plashkalar bilan nakatka qilishga qaraganda kamroq.
Doiraviy plashkali stanoklarda zagotovka qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas doiraviy plashkalar (roliklar) orasidagi tayanchiqqa joy- lashadi. Qo'zg'aluvchan plashka tezda zagotovkaga yaqinlashib, uni qo‘zg‘almas rolikka bosadi, shu payt rezba yuzasi nakatka qilinadi, zagotovkaning bir necha aylanishlari natijasida to'la rezba hosil bo'ladi. Ikkala rolik bir elektr dvigateldan mexanik uzatma orqali aylanma harakat oladi. Qo‘zg‘aluvchan rolikning to‘g‘ri chiziqli surilishi gidroyuritma vositasida bajariladi (15.9- rasm). Bu usulda nakatka qilinadigan rezbaning diametri 100 mm gacha yetadi.
Nakatka qilish orqali detallarda silindrik va konussimon roliklar yordamida konussimon rezba hosil qilish ham mumkin.
Qadami 2...3 mm li ichki rezbalar raskatnik deb ataluvchi asbob yordamida hosil qilinadi.


zagotovka


143


Nakatka qilish usulining afzalliklari quyidagilardir:

  1. ish unumdorligining yuqoriligi;

  2. mahsulotlar tannarxining nisbatan past bo‘lishi;

  3. kesib ishlangan rezbalarga qaraganda rezbali mahsulotlarning mustahkamligi va ishqalanishga chidamligi ancha yuqori.

    1. Download 1.05 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling