Metallar haqida umumiy malumot. Top 20 metallar


Ba’zi metallar atom tuzilishining elektronlari joylashuvi sxemasi


Download 69.18 Kb.
bet3/7
Sana18.06.2023
Hajmi69.18 Kb.
#1596956
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Metallar haqida malumot

Ba’zi metallar atom tuzilishining elektronlari joylashuvi sxemasi
D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasining I gruppachasining asosiy gruppachasida litiynatriykaliy, rubidiy, siziy va fransiy joylashgan. Ularning atomlari tashqi elektron qavatida bittadan, tashqaridan ikkinchi qavatida 8 tadan elektron joylashgan. Ular kimyoviy reaksiyalarda tashqi elektronini berib +1 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasining II gruppachasining asosiy gruppachasida berilliy, magniy, kalsiy, stronsiy, bariy va radiy kabi elementlar joylashgan. Ularning atomlarining tashqi qavatida ikkita elektron joylashgan ikkinchi qavatida 8 ta elektron bor. Ular kimyoviy reaksiyalarda tashqi elektronini berib +2 oksidlanish darajasini hosil qiladi.
III gruppachasining asosiy gruppachasi elementlariga boraluminiygalliy, indiy va talliy kiradi. Ular kimyoviy reaksiyalarda tashqi elektronini berib +3 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Chunki ularning tashqi elektron pogʻonasida 3 ta elektron joylashgan. Bor va aluminiyning tashqaridan ikkinchi elektron qavatida 8 tadan elektron joylashgan. Galliy, indiy va talliyning sirtidan 2-qavatida esa 18 tadan elektronlar joylashgan. Bularning hammasi oʻz birikmalarida 3, 2, 1 ta elektron yoʻqotib +1, +2, +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Меtallarning tabiatda tarqalishi va olinishi, ishlatilishi
Metallurgiya – rudadan metallarni ajratib olish
Insonlar kamida 7ta metaldan: oltin, kumushmis, temir, qalay, qoʻrgoshin, simobdan foydalanib kelishgan. Меtallarni tabiatda uchrashiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: 

  1. Faol metallar tuzlаr holida uchraydi: sulfatlar, xloridlar, karbonatlar, fosfatlar, nitratlar. 

  2. Oʻrtаcha faol metallar оksidlar va sulfatlar holida uchraydi: oksidlar, sulfatlat, sulfidlar.

  3. Passiv metallar erkin holda uchraydi: mis, simob, kumush, oltin, platina. 

Меtallarni quyidagi sinflarga ajratib oʻrganish mumkin: 

  • A) Qоra metallar – temir va uni qayta ishlashning asosiy mahsulotlari.

  • B) Rаngli metallar – temirdan boshqa metallar va ularni qayta ishlangan mahsulotlari. 

  • V) Yengil metallar – litiy, natriy, kaliy, kalsiy, alyuminiy, magniy, titan, rux, surma. 

  • G) Ogʻir metallar – texnisiy, kadmiy, nikel, simob, qalay, qoʻrgʻoshin, mis, kobalt. 

  • D) Nodir metallar – kumush, oltin, platina, radiy, palladiy. 

  • Е) Noyob metallar – аktniodlar, lantanoidlar, molibden, volfram, vannadiy, niobiy, tantal, radiy, toriy.

Hozirgi kunda turmushni metallarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Oʻnlab metallar va qorishmalar xalq xoʻjaligining barcha sohalarini qamrab olgan. Metallar quyidagi usullarda olinadi: pirometallurgiya, elektrotermik, metallormiya, alyuminatermiya.

Download 69.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling