Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


Suvning umumiy qattiqligini aniqlash


Download 141.03 Kb.
bet13/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

1.2. Suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Suvning umumiy qattiqligi kompleksometriya usuli bilan aniqlanadi. Bu usul metall kationlarining kompleksonlar bilan kompleks birikmalar hosil qilish reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, tez va aniqligi, yuqori darajada bo‘lishi bilan ajralib turadi. Buning uchun aminopolikarbon kislotasining hosilalari ishlatiladi. Masalan, etilendiamintetrasirka kislotasining (EDS)-kompleksioni, bu kuchsiz to‘rt negizli kislota bo‘lib suvda kam eriydi. SHuning uchun uning natriyli tuzi – kompleksion yoki boshqacha qilib aytganda trilon B ishlatiladi. Trilon B ning kimyoviy formulasi quyidagicha C10H14N2 Na2O8 H2O
Kompleksion ko‘pgina metallar bilan suvda eriydigan mustaxkam ichki kompleks tuz hosil qiladi. Bunda metall karboksil gruppaning vodorod atomi o‘rnini oladi va azot atomi bilan koordinasion bog‘ hosil qiladi.
Vodorodning ikki atomi metall tomonidan siqib chiqariladi. SHuning uchun ham trilon B ning ekvivalenti uning mol massasining yarmiga teng, ya’ni (372,25:2=186,12g)
Bunda azot atomlari ligand hisoblanadi. Indikator sifatida ko‘pincha organik bo‘yoq moddasi – qora erioxrom Tqo‘llaniladi.
Bu birikma ko‘k rangli bo‘lib, metall ionlari bilan qizil rangli kompleks hosil qiladi.
Tekshirilayotgan eritma tarkibida kalsiy va magniy ionlari ushlaydi, unga qora erioxrom T quyilganda eritma qizil rangga kiradi, bunda magniy va kalsiy erioxrom bilan kompleks hosil qiladi. Titrlash davomida kalsiy, magniy ionlari Trilon B bilan birikib, ancha mustakam bo‘lgan rangsiz kompleks hosil qiladi, qizil birikma buziladi, indikator erkin holga o‘tadi va ko‘k rang hosil bo‘ladi. Ekvivalent nuqtasida kalsiy va magniy ionlarining hammasi Trilon B bilan birikadi. Rangning qizildan ko‘kka aylanishi titrlashning tugaganligini ko‘rsatadi.
Kerakli jihozlar va reagentlar. Konussimon 250 ml hajmli kolba, 100ml hajmli byuretka, 100ml li pipetka, 25 ml hajmli silindr, 0,05mol/l konsentrasiyali trilon B eritmasi, bufer eritma, indikator ko‘k yoki qoraxromogen, Na2S, 1% li gidroksilaminxlorid eritmasi.

Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling