Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


Download 141.03 Kb.
bet31/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

Ishning borishi.
1.Erish issiqligi: ikkita probirkadan birining 1/3 qismiga suv quying va temperaturasini o`lchang. Birinchi probirkada 2-3g ammoniy nitrat soling, termometr bilan extiyot bo`lib aralashtiring va eng past temperaturasini belgilab oling. Ikkinchi probirkaga o`yuvchi natriyning bir necha bo`lagini tashlang va chayqatishdan keyin eng yuqori temperaturasini belgilab oling. Bu moddalarning erishida qanday issiqlik effekti kuzatiladi?
2. Erish vaqtida hajmning o`zgarishi; Probirkaga (1/3 qismiga) suv quying va shuncha hajmda spirt qo`shing (extiyot bo`ling). Suyuqlikning probirkadagi sathini rezina xalqa bilan belgilab qo`ying. Probirkani probka bilan berkiting va ichidagilarni yaxshilab aralashtiring. Eritma sovigandan so`ng sathining pasayishini kuzating. Kuzatilgan hodisaning sababini izohlang.
3. Eritmada molekulyar holat: a) Yod kristallaridan 2-3 donasini probirkada qizdiring. Yod binafsha rangli bug`ga aylanadi. Bug` holidagi moddaning darajasi qanday? b) ikki probirkaga yod kristallaridan 1-2 donasidan soling. Birinchi probirkaga ozroq benzol, ikkinchi probirkaga ozroq spirt solib chayqating, erigandan so`ng birinchi probirkada binafsha rangli, ikkinchi probirkada qo`ng`ir rangli eritma hosil bo`ladi. Eritmalarning har xil rangli bo`lishiga sabab shuki polyar bo`lmagan benzol molekulalari yod molekulalari bilan birikmaydi, polyar bo`lgan spirt molekulalari yod bilan sol`vatlar hosil qiladi va eritmaning rangi o`zgaradi.
4. Tuzning eruvchanligini aniqlash: maydalangan kaliy nitratdan texnoximiyaviy tarozida 10-12g tortib oling va uni 25 ml. suvli kolbaga solib isitish yo`li bilan eriting. So`ngra kolbani suvga botirib uy temperaturasigacha sovuting. Hosil qilingan qanday eritma deyish mumkin? Eritmani cho`kmadan quruq filtr orqali filtrlab oling va temperaturasini o`lchang. Quruq chinni kosachani torting, unga eritmadan 10 ml. cha quying va yana torting. Kosachani filtrdan voronka bilan berkitib asbeslangan to`r ustida extiyotlik bilan qizdiring. Qizdirishni hamma suv bug`lanib ketguncha va voronka qurib qolguncha davom ettiring. Shundan so`ng, kosachani hamda voronkani sovuting va ularni tortib ko`ring. Suvning hammasi bug`lanib ketganligini qanday tekshirib ko`rish mumkin? Natijalarni ishlab chiqing

Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling