10- tajriba. Yengil metallar nitratlarining parchalanishi. Bu tuzlar nitratlar bilan kislorodga ajraladi. Probirka hajmining 1/3 qismiga qadar kaliy nitrat solib, shtativ qisqichiga vertikal holatda o’rnatiladi. Tuz suyuqlantiriladi va suyuqlanmada kislorod pufakchalari paydo bo’lishi bilan probirkaga bir bo’lak ko’mir tashlanadi, ko’mir yallig’lanib yonadi va suyuqlangan nitrat yuzasida yugurib yuradi. Endi probirkaga oltingugurt bo’lagi tashlanadi, u ko’zni qamashtiradigan darajada ravshan yonadi. Agar selitra va oltingugurt ko’proq olinsa, probirka suyuqlanib, uzilib tushishi mumkin. Shu sababli, ehtiyot uchun probirka tagiga qumli kosacha qo’yish kerak.
11-tajriba. Meta va ortofosfat kislotalarning olinishi. a) Soat oynasiga 1 g fosfat angidrid P2O5 solib, ustiga 1 tomchi suv tomizing. Bir ozdan so`ng lakmus eritmasidan tomizing va uning rangidagi o`zgarishni kuzating. Metafosfat kislotaning olinish reaksiya tenglamasini yozing.
b) Probirkaga gugurt donasi kattaligida qizil fosfor soling va konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan 5-6 tomchi qo`shing. Probirkani shtativga qiya qilib o`rnating va kuchsiz alangada qizdiring.
Ortofosfat kislotaning hosil bo`lganligini bilish uchun ammoniy molibdat eritmasi bilan PO43- ioniga xos reaksiyani o`tkazish mumkin. Buning uchun 2 tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo`shilgan ammoniy molibdatning to`yingan eritmasidan probirkaga 5-6 tomchidan quying va uning ustiga yuqorida olingan eritmadan bir tomchi qo`shing. Eritmali probirkani qaynab turgan suvga tushirib isiting. Sariq cho`kmaning paydo bo`lishi dastlabki reaksiyada ortofosfat kislotaning hosil bo`lganligidan dalolat beradi, reaksiya tenglamasi quyidagicha:
H3PO4 + 12(NH4)2MoO4 + 2IHNO3 = (NH4)3H4P(Mo2O7)6+ 2INH4NO3+ 10H2O
Reaksiya vaqtida azot (II)- oksidning ajralishini hisobga olib, ortofosfat kislotaning hosil bo`lish reaksiya tenglamalarini yozing. Qaysi modda oksidlanadi va qaysi modda qaytariladi?
12-tajriba.Fosforni oksidlab fosfat kislota olish. (Tajtiba mo`rili shkafda o`tkaziladi). Chinni kosachani temir shtativ halqasiga o`rnating. Unga no`xat kattalaligida qizil fosfor solib, ustiga konsentrlangan nitrat kislota (d=1,4) eritmasidan 5-6 ml qo`yib, qizdiring. Shunday qilingki, qizil fosforning hammasi reaksiyaga kirsin. Agar fosfor ortib qolsa yana ozroq nitrat kislota eritmasidan qo`shib qizdirishni davom ettiring. Fosforning hammasi reaksiyaga kirishgandan keyin, ortiqcha nitrat kislota bo`lmasligi uchun eritmani bug`lating. Qoldiqni suv bilan suyultirib, eritma kuchsiz kislotali muhitga ega bo`lguncha soda eritmasi bilan neytrallang va ustiga kumush nitrat eritmasidan quyib chayqating. Tajriba natijasiga qarab qanday kislota hosil bo`lganligi va yana qanday moddalar hosil bo`lishi haqida xulosa chiqaring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |