Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash


Download 7.05 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.05 Kb.
#1565160
Bog'liq
Abdullayev Tvdqt

Farg'ona Politexnika instituti Mexanika va mashinasozlik fakulteti 36-20 TVM gurux talabasi Abdullayev Islomjonning Transport vositalari detallarining ish qobiliyatini qayta tiklash fanidan tayyorlagan taqdimoti

Flyus turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Reja:

Metallarni flyus qatlami ostida payvandlash.

  • Bu usulda qalinligi 2-100 mm gacha bo‘lgan po‘latlar, Cu, Al, Ti va ularning qotishmalarini payvandlashda keng foydalaniladi. Bunda elektr yoy, suqlanayotgan metall flyus qatlami ostida bo‘lgani sababli metall vanna havo gazlari (N2, O2 va boshqalar)ning zararli ta’siridan saqlanadi hamda yoy barqaror yonadi. Metall vannadagi temit oksididan temir qaytarilib va legirlangan sifatli choklar hosil qilinadi.

Metallarni flyus qatlami ostida yarim avtomatikaviy usulda payvandlash

  • Bu usuldan qisqa, uzlukli va istalgan shaklli sifatli choklar bostirishda foydalaniladi. Bu usulning yuqoridagi tanishilgan avtomatik payvandlash usulidan farqi shundaki, bunda payvandlash elektrod-simini payvandchi qo‘lida zaruriy erga suradi. YArim avtomatik payvandlashda shlang tipidagi apparatlardan foydalaniladi.
  • 4.3-rasmda bunday apparatning umumiy ko‘rinishi keltirilgan.

4.3-rasm. SHlangli yarim avtomatik payvandlash qurilmasining sxemasi.

  • 4.3-rasm. SHlangli yarim avtomatik payvandlash qurilmasining sxemasi.
  • 1-Elektrod simli kasseta; 2- Uzatish mexanizmi; 3- Egiluvchan shlang; 4- Tutqich; 5-Boshqarish shkafi; 6-Tok manbai.

Sxemadan ko‘rinadiki, payvandlashda elektrod-simni statsionlar uzatish mexanizmi egiluvchan shlang orqali tutgichga uzatib turadi. Tutgich o‘z navbatida flyusli bunker, tok manbaini ulovchi va elektrod-simni uzatuvchi mexanizmni ishga soluvchi knopka bilan jihozlangan. Bunday apparatlari diametri 2 mm dan ortmaydigan elektrod simlarda payvandlashda mo‘ljallangan bo‘lib, tok kuchi esa 200-600 a oralig‘ida bo‘ladi. Qalinligi 4-12 m/soat ga etadi.

  • Sxemadan ko‘rinadiki, payvandlashda elektrod-simni statsionlar uzatish mexanizmi egiluvchan shlang orqali tutgichga uzatib turadi. Tutgich o‘z navbatida flyusli bunker, tok manbaini ulovchi va elektrod-simni uzatuvchi mexanizmni ishga soluvchi knopka bilan jihozlangan. Bunday apparatlari diametri 2 mm dan ortmaydigan elektrod simlarda payvandlashda mo‘ljallangan bo‘lib, tok kuchi esa 200-600 a oralig‘ida bo‘ladi. Qalinligi 4-12 m/soat ga etadi.

Flyus qatlami ostida avtomatik tarzda eritib qoplash

  • Payvandlash va suyuqlantirib qoplashning bu turi progressiv usul xisoblanadi va undan detallarning ishlash imkoniyatini tiklash texnologiyasida juda ko’p foydalaniladi, Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda elektr yoyi suyuqqlangan shlak ostida yonadi (11rasm), (buni dastaki usuldan farqi shu). Bunda elektrod sim payvandlanayotgan joyga granulalangan flyus bilan bir vaqtda uzatiladi. Yoyning temperaturasi baland bo’lganligidan asosiy metall, elektrod metali va qisman flyus sutoklanadi. Sutoklanish protsessida ajralib chiquvchi gazlar ustki tomondan shlak bilan, ostki tomondan esa suyuq metall vannasi bilan chegaralangan qobiq hosil bo’ladi. Payvandlash zonasidagi sutok shlak bilan gazlar payvandlash vannasini havodan ximoya qilib turadi. Temperatura ko’tarilishi bilan payvandlash vannasidagi gazlarning bosimi ham osha boshlaydi va gazlarning bir qismi sutok shlakni yorib, tashqariga chiqib ketadi. Shunda vannadagi gazning xajmi kamayadi va jarayon takrorlanadi.

Sutok shlak sovib, qobik hosil qiladi Bu qobiq normal chok shakllanishiga imkon beradi, sutok metalning sovishini sekinlashtiradi, zarur strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’lishiga sharoit yaratadi va metalning sachrashiga yo’l qo’ymaydi. Agar elektrod sim bilan detal surilishi mexanizatsiyalashgan bo’lsa, avtomatik shulardan biri dastaki usulda bajarilsa, yarim avtomatik payvandlash deb ataladi. Flyus qatlami ostida payvandlashda jarayon ish unumining yuqori bo’lishi va jarayonning avtomatik bajarilishi, chok metalining yuqori sifatli chiqishi, payvandchi mehnat sharoitini yaxshilanishi, elektr energiyasidan va elektrod simdan tularok foydalanilganligi, payvandlash ishlari baxosini ancha pasayishiga olib keladi, Avtomatik payvandlash usuli anchagina uzun to’g’ri choklar va diametri 40 mm dan ortiq tsilindrik yuzalarda xalkasimon choklar hosil qilish uchun' qo’llaniladi. Payvandlashning unumi vaqt birligi ichida suyuqlantirib tushirilgan metalning og’irligi bilan aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Shoobidov Sh.A. Mashina detallari. Texnika oily o`quv yurtlari uchun darslik. Тошкент:
  • “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -444 b.
  • 2. Kurganbekov M.M., Moydinov A. Mashina detallari: O`quv qo`llanma. I va II qismlar.-
  • Toshkent: “O`zbekiston ensiklopediyasi”, 2014. -384 b.
  • 3. Dotsentlar Barakaev N.R., Musaboev B.A. Amaliy mexanika maruzalar matni
  • (II qism mashina detallari)

Download 7.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling