Metallmaslar
Download 24.31 Kb.
|
Metallmas materiallar va ularning qo yakuniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy Kauchuk
Kompozitsion materiallar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi.Kompozit materiallarni to'g'ri ravishda yigirma birinchi asr qurilishi uchun xom ashyo deb atash mumkin. Ular past zichlikda eng yuqori jismoniy va mexanik xususiyatlarga ega. Ular po'lat va alyuminiy qotishmalariga qaraganda kuchliroqdirMateriallarni mustahkamlash uchun, qoida tariqasida, shisha, bazalt, aramid, uglerod, bor, organik birikmalardan tayyorlangan yuqori quvvatli tolalar, shuningdek, metall sim va mo'ylovlar ishlatiladi. Ushbu mustahkamlovchi komponentlar monofilament, ip, sim, tortish, shuningdek mato yoki to'r shaklida ishlatilishi mumkin.Kompozit materialda matritsa eng muhim komponent bo'lib, buning natijasida kompozitsiyaning yaxlitligi ta'minlanadi, uning shakli va mustahkamlovchi tolaning joylashishi aniqlanadi..2.KAUCHUK (tupi tilida «kau» — daraxt va «uchu» — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material. Tabiiy va sunʼiy (sintetik) xillarga boʻlinadi.Tabiiy Kauchuk — asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi. Olingan lateks qayta ishlanib, xom — texnik Kauchuk hosil qilinadi. Uning tarkibida 93—94% K., 2,4—2,9% oqsil, 0,3% kul, 0,3% kand moddalari va 2,5—3% smola bor. Toza tabiiy Kauchuk yuqori molekulali toʻyinmagan uglevodorod, tarkibi. Tabiiy Kauchuk molekulasining bu kattaligi va shakli uning eng muhim xususiyati elastikligini koʻrsatadiSuyuq Kauchuklar, ularning suvdagi dispersiyasi (sintetik latekslar), shuningdek, polimerlanish jarayonida yogʻ, qorakuya va b. toʻldiruvchilar qoʻllab olinadigan Kauchuk ham sintetik Kauchuk dir Baʼzi sintetik Kauchuklarni olishda uglevodorodlarning bifunksional hosilalarini polikondensatlash usuli qoʻllaniladi. Sintetik Kauchuk olish 2 asosiy jarayon: monomer (kauchogen)lar tayyorlash va ularni polimerlash yoki polikondensatlashdan iborat. Butadiyen, stirol, izopren, xlorpren, izobutilen, akrilonitril (vinil sianid) va b. kauchogenlar sifatida ishlatiladi. Kauchogenlarning oʻzi esa neft krekingi gazi, tabiiy va yoʻlakay gazlar, etil spirtidan olinadi. Kauchogenlarni polimerlash jarayonida monomerlar katalizator (mas, natriy metali) ishtirokida (monomerning oʻzi yoki eritmasi, suvli emulsiyasi) qizdiriladi. Polimerlashda emulsiya polimer suspenziyaga, yaʼni sintetik lateksga aylangach, koagulyatsiyalanadi. Ajralib chiqqan Kauchuk yuvib quritiladi. Hoz. sintetik Kauchukning 20 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Bulardan butadiyen K., butadiyennitrilakril Kauchuk, butil Kauchukning sanoatdagi ahamiyati katta. Sintetik Kauchukning koʻp turlari tabiiy Kauchuk singari vulkanizatsiyalanib, yuqori elastik yoki qattiq materialga aylanadi. Asosi kremniy, uglerod, kislorod atomlari zanjiridan iborat. Kauchukka oʻxshash elastik materiallar (issiqqa chidamli silikon Kauchuk, q. Kremniyorganik birikmalar) yoki uglerod va oltingugurt atomlaridan iborat polisulfid Kauchuk, polifosfonitrilxlorid, polidixlorfosfezen va ayrim polixlorvinil smolalar ham sintetik Kauchukka kiradi. Sintetik Kauchuk yog va b. organik moddalarga (mas, butadiyen – nitril kauchuklar), issiq va sovuqqa (mas, kremniy organik kauchuklar) chidamli boʻlishi kerak.Xom kauchukni ikki toifaga bo'lish mumkin: tabiiy kauchuk va sintetik kauchuk. Tabiiy kauchuk: kauchuk xomashyosi rezina daraxt tanasini kesish, chiqib ketadigan elimni yig'ish va iflosliklarni olib tashlash, koagulyatsiya, chekish va quritish jarayonlaridan o'tish natijasida hosil bo'ladi. Tabiiy kauchuk tropik va subtropik rezina daraxtlardan keladi.Sintetik kauchuk: neft-kimyo sanoati tomonidan ishlab chiqariladigan qo'shimcha mahsulotlar, har xil fizik xususiyatlarga ega bo'lgan rezina xom ashyo har xil ehtiyojlarga muvofiq sintezlanadi. Poyafzal ishlab chiqarishda ishlatiladigan rezina tayanch material aşınma qarshilik, yuqori elastiklik, suv o'tkazmaydigan, kislota va gidroksidi qarshilik xususiyatlariga ega.3. Rezina, rezinka [lot. resina — qatron (smola)], vulkan izat — kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot. Vulkanizatsiyalanadigan R. aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk, vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan, charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va boshqa.R. quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadiBunday R. dan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va h.k. uchun moʻljallanadi; gaz toʻldirilgan (gʻovak) R. radiatsiya taʼsiriga chidamli R. rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini tayyorlashda qoʻllanadi; dielektrik R.ning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi. R.ning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk R.ning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli yoki etilen sopolimerli R. dan tayyorlanadi. Bunday R. ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga chidamlidir..-- Download 24.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling