Metallmaslar


Duradgorlik buyumlarining sifatini yaxshilash, chiroyli, mustahkam, nam, yorug‘lik, havo ta’siriga chidamli


Download 24.31 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2023
Hajmi24.31 Kb.
#1177682
1   2   3   4   5
Bog'liq
Metallmas materiallar va ularning qo yakuniy

5.Duradgorlik buyumlarining sifatini yaxshilash, chiroyli, mustahkam, nam, yorug‘lik, havo ta’siriga chidamli qilish hamda xizmat kо‘rsatish muddatini oshirish uchun ularning sirti pardozlanadi. Masalan, yog‘och tabiiy gullarini saqlovchi tiniq bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi, tiniq qatlamlar bilan qoplanadi yoki uning ustiga faner yopishtiriladi. Pardozlash ishlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi 1. Buyum sirti tekisligini ta’minlash. Yog‘och buyumlar, kо‘pincha, bir necha detallarni о‘zaro biriktirish yо‘li bilan tayyorlanadi. Detalldan birikma hosil qilishda yog‘och yuzasida qolib ketgan mayda qipiqlar hisobiga birikma buyum) ning sirti har doim ham tekis chiqavermaydi. Shuningdek, ob-havo ta’sirida ayrim detallar tob tashlab, birikma tekisligining buzilishiga sabab bо‘ladi. Shuning uchun har qanday birikma hosil qilingandan sо‘ng tayyor buyum sirtini bir necha bor randalab, jilvirlab tekislanadi. Buyum sirtlarining ezilishi, ayrim butoqlarning kо‘chib ketishi va boshqa sabablarga kо‘ra sirtlarga har xil shpaklovkalar surtilib, yoriqlar, tirqishlar,о‘ydim-chuqurliklar, teshiklar tо‘ldiriladi va tekislanadi. Shpaklovka yoriqlarni, teshik-kavaklarni tо‘ldirish va butun sirtga surtish yо‘li bilan tekislikni ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Shunga kо‘ra shpaklyovkalar ikki xil usulda tayyorlanadi: 1. Quyuq usulda. 2. Suyuq usulda.Quyuq shpaklyovka teshik-kovaklarni tо‘ldirishda, suyuq shpaklyovka esa butun sirtga surtib tekislikni ta’minlashda ishlatiladi. Shpaklovka bir yoki bir necha bor yog‘och yoki metall kurakcha – shpatel bilan surtiladi Sirtlarni keyinchalik pardozlash uchun tayyorlash maqsadida birinchi bor turli xil qoplovchilar surtish bilan tekislash gruntovkalash deyiladi. Duradgorlik pardoz ishlarida moyli, lokli va nitrolakli gruntlar ishlatiladi. 2. Sirtlarni silliqlovchi asboblar. Sirtlarni silliqlash ishlari sirtlarga shpaklovkasurtish, gruntovka qilishdan oldin va keyin bajarilishi mumkin. Shpaklovka surtish va gruntovka qilishdan oldin olib boriladigan silliqlash ishlari mushranda bilan randalangan sirtlarni qirg‘ich yoki jilvir qog‘oz yordamida qirishdan iborat.Sirtlarini qirish qirgich yordamida bajariladi Qirish yog‘och tolalarining о‘sish yо‘nalishi bо‘yicha olib boriladi. Aks holda qirgich yog‘och tolalarini kо‘chirib chiqaradi va sirtning silliqligini buzadi. Pemza – och sariq rangli, yengil, g‘ovak, qattiq toshdir. Pemza shpaklovkalangan va bо‘yalgan sirtlarni quruqligicha va namlab silliqlash uchun ishlatiladi.
Download 24.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling