Mеtаllurgik pеchlаrdа qo’llаnilаdigаn o’tgа bаrdоsh mаtеriаllаr pеchning gаzохоd sistеmаlаri, uning
Download 134.61 Kb. Pdf ko'rish
|
MЕTАLLURGIK PЕCHLАRDА QO’LLАNILАDIGАN O’TGА BАRDОSH MАTЕRIАLLАR PЕCHNING GАZОХОD SISTЕMАLАRI, UNING HАVО, KISLОRОD VА SUV BILАN TА’MINLАNISHI.
Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar Tabiatda issiqlik o’tkazmaydigan modda - havodir, uning issiqlik o’tkazish koeffistienti juda kam bo’lib 0,02 kkal/(m*soat*grad). Shuning uchun tabiatda va texnikada orasida havo bo’lgan g’ovak materiallar qo’llaniladi. Metallurgik pechlar qurilishida issiqlik o’tkazmaydigan yuqori g’ovaklikga ega materiallar keng qo’llaniladi. Texnikada ularni engil o’tga chidamli materiallar deb nomlanadi, ular ikki xil turda bo’ladi, ya’ni tabiiy va sun’iy. Tabiiylariga - dolomit, infuzor turpoq, turpok va asbest kiradi. Birinchi ikkitasining tarkibining asosini, ya’ni 80-95 % SiO 2 tashkil etadi. Ular yuqori g’ovaklikga, kichik sig’imga va kichik issiqlik o’tkazuvchanlik koeffistientga 0,05 - 0,12 kkal/(m * soat * grad) ega. Dolomit amorf ko’rinishdagi kremniy oksidi bo’lib g’ovak tuproq strukturasiga ega. Infuzor tuproq dolomitdan strukturasi jihatidan farqqiluvchi tog’ jinsidir. Bu materiallar izolyastiey g’ishtlar tayyorlashda, oraliqlarni to’ldirishda va pechning tashqi - ishchi organi bo’lmagan devorlarini suvashda qo’llaniladi. Asbest - magniyning tabiiy suvni silikati bo’lib issiqlik o’tkazish koeffistienti 0,13 kkal/(m. s. grad) shuningdek yuqori darajali o’tga chidamli materialdir. U to’ldiruvchi sifatida kukun holida, karton, paxta va arqon holida ishlatiladi. Sun’iy issiqlik o’tkazmaydigan materiallar, ya’ni engil, o’tga chidamli materiallar shamotdan, oksidlardan va qisman dinasdan materiallaridan tayyorlanadi. Bu tayyorlangan materiallarning g’ovakligi 50-85 % ni tashkil etadi, oddiy o’tga chidamli materiallarniki esa 5-30% tashkil qiladi. Engil, o’tga chidamli materiallarning zichligi 0,27-1,3 kg/sm 2 bo’lib issiqlik o’tkazish koeffistienti 0,09- 0,7 kkal/(m soat grad). Bu materiallar qo’llanilishiga qarab ikki sinfga bo’linadi, ya’ni ichki izolyastiyaga qo’llaniluvchi va tashqi izolyastiyaga qo’llaniluvchi materiallar. Engil, o’tga chidamli materiallar pechlarining turli konstrukstiyasida qo’llaniladi, jumladan shamotlilari pechlarning kam mexanik kuch ta’sir qiluvchi, shlak ta’siriga uchramaydigan, harorati 1200-1350°S dan oshmaydigan joylarida qo’llaniladi. Pechlar qurilishida issiqlik o’tkazmaydigan materiallar sifati shuningdek shlakli paxtalardan foydalaniladi. Shlakli paxtalar rangli va qora metallurgiyada chiqayotgan erib turgan shlakga havo purkash yuli bilan olinadi. Ulardan to’ldiruvchi sifatida, engil, o’tga chidamli blok, plitalar tayyorlashda qo’llaniladi. Download 134.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling