Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet11/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Nazorat uchun savollar:


  1. Metall ishlab chiqarishda qaysi jarayonlar qo‘llaniladi?

  2. Pirometallurgik jarayonlar haqida ma’lumot bering?

  3. Gidrometallurgik jarayonlar haqida ma’lumot bering?

4-Ma’ruza:



METALLURGIK ISHLAB CHIQARISH MAHSULOTLARI VA YARIM MAHSULOTLARI.
Reja:

1. Asosiy metallurgik qayta ishlash mahsulotlari.

2. Metallmas mahsulotlarni yo‘l-yo‘lakay ajralishi.
Rangli metallurgiya – kompleks sanoat ishlab chiqarish tarmog‘i hisoblanadi. Rangli metallurgiya korxonalari ishlab chiqaradigan tayyor mahsulotlar turi keng va xilma-xildir. Metallurgiya zavodlari, metall mahsulotlaridan tashqari, ko‘p miqdorda qo‘shimcha, shu jumladan metall mahsulotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Ayrim rangli metallurgiya korxonalari mahsulotlari qo‘yidagilar bo‘lishi mumkin:

1. quyma, katod, prokat va boshqa ko‘rinishdagi rangli metall va qotishmalar;

2. kimyoviy mahsulotlar: sulfat kislota, sof oltingugurt, mis va nikel kuporosi, kalsinatsiyali soda, turli kimyoviy reaktivlar.

3. mineral o‘g‘itlar: superfosfat, ammofos va boshqalar;

4. qurilish materiallari: sement, shlak mahsulotlari va boshqalar;

5. issiqlik va elektr energiya;

6. kislorod va argon.

Xom ashyo tasnifi, metallurgik ishlab chiqarish mahsulotlari va materiallari sifati va o‘lchamiga bo‘lgan talab va me’yorlar davlat standarti (GOST) va texnik shartlar (TU) bilan belgilanadi.

Rangli metallurgiya korxonalarida rangli metall rudalarini qayta ishlaganda tayyor mahsulotdan tashqari, metallurgik ishlab chiqarish yarim mahsulotlari va chiqindilari olinadi. Bularga shlak, shteyn, chang, gazlar, kek, shlam, eritmalar va boshqalar kiradi.



Metallar. Metallar metallurgik ishlab chiqarishning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Rangli metallurgiyada qo‘llanilayotgan texnologiya va olinayotgan metall tarkibiga bog‘liq holda qoramtir va tozalangan metallar farqlanadi. Maqsadga ko‘ra iste’molchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatsa mumkin bo‘lgan tayyor mahsulot tozalangan metall deyiladi.

Qoramtir metall deb, qo‘shimchalari bo‘lgan metallga aytiladi. Qo‘shimchalar sifatida asosiy metallga yo‘ldosh bo‘lgan zararli va qimmatli elementlar uchrashi mumkin. Zararli qo‘shimchalar asosiy metallning xossalari (elektr o‘tkazuvchanlik, korroziyaga barqarorlik va boshqalar) ni yomonlashtiradi va ularni bevosita ishlatishga to‘sqinlik qiladi. Qimmatli yo‘ldosh elementlar – nodir metallar, selen, galliy, indiy, vismut va boshqalar ajratib olinishi kerak. Qoramtir metallar qo‘shimchalardan tozalanish uchun – rafinirlashga yuboriladi.

Ayrim rangli metallurgiya korxonalari uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda o‘ta yuqori tozalikdagi metallar ishlab chiqaradi. Bunday metallarni olish katta miqdorda qo‘shimcha xarajatlar, mehnat, vaqt talab qiladi. Shuning uchun ularni ishlab chiqarish cheklangan. Rangli metallar qimmatbaho materiallar toifasiga kiradi. Shu sababli ulardan to‘g‘ri va tejamli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling