Metallurgik shixtaga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
Metallurgik uskunalarning doimiy bir me’yorda ishlashi, shixta doimiy va me’yorida bir xil tarkibda bo‘lgandagina amalga oshirilishi mumkin.
Bir sutkada yuz hatto bir necha ming tonna dastlabki mahsulot qayta ishlanadigan zamonaviy metallurgik korxonalarda, bu talab xom ashyo mahsulotining bir me’yorda uzatish va shixta tashkil etuvchilarni yaxshi aralashtirish bilan amalga oshiriladi.
Qayta ishlanayotgan shixtaning o‘lchami qo‘llanilayotgan jarayon va u qo‘ygan talablarga ko‘ra belgilanadi. Shaxtali eritish uchun bo‘laklari o‘lchami 50-100 mm bo‘lgan va qattiq shixta, yallig‘ qaytaruvchi pechlarda eritish uchun shixta o‘lchami 2-5 mm dan yirik bo‘lmasligi talab etiladi. Gidrometallurgik texnologiya va ayrim avtogen jarayonlar bo‘laklari o‘lchami 70-100 mkm gacha bo‘lgan mayda shixta talab etadi.
Kelayotgan shixta namligi ham texnologiya tomonidan belgilanadi. Gidrometallurgik jarayonlar dastlabki mahsulotning namligi yuqori bo‘lishiga ruxsat etsa, yallig‘ qaytaruvchi pechlarda eritish uchun shixta namligi 5-8% gacha, elektr pechlarda eritish uchun namlik 3% va undan kam, muallaq holda eritish uchun esa namlik 0,1-0,3% gacha bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |