Металлургия саноатини ташкил этиш
- jadval. Yuqori o‘tga chidamli materiallar
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- FeO∙Cr 2 O 3 – xromit
- MgO∙ SiO 2 -forsterit
- 2SaO∙SiO 2 (α)
- O‘tga chidamli materiallarni tasniflanishi.
- O‘tga chidamli materiallarning kimyoviy – mineralogik tarkibi bo‘yicha tasnifi
- O‘tga chidamli materiallarning xossalari
7- jadval.
Yuqori o‘tga chidamli materiallar
Uglerod qattiq holatda ~ 35000C gacha bo‘lishi mumkin. O‘tga chidamli materiallarni tasniflanishi. 1. Materiallar o‘tga chidamligi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: o‘rtacha o‘tga chidamli – 1580-17700C yuqori o‘tga chidamli – 1770-20000C o‘ta yuqori o‘tga chidamli 20000C haroratdan yuqori 2. O‘tga chidamli materiallarning kimyoviy – mineralok tarkibi bo‘yicha bo‘linishi 8-jadvalda keltirilgan 8-jadval. O‘tga chidamli materiallarning kimyoviy – mineralogik tarkibi bo‘yicha tasnifi
Jadvalda keltirilganlardan tashqari, yuqori haroratga chidamli birikmalar aralashmasidan iborat o‘tga chidamli materiallarning ko‘pgina turlari bor. 3. O‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish sanoati taxminan bir xil miqdorda kukunsimon yoki ular asosida tayyorlangan aralashma ko‘rinishidagi qoliplanmagan va ma’lum qolipli va o‘lchamli g‘isht, stakan ko‘rinishidagi qoliplangan materiallar ishlab chiqaradi. Qoliplangan o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan aralashmalarga ozroq miqdorda bog‘lovchi birikmalar: CaO, smola va b. lar qo‘shiladi. O‘tga chidamli materiallarning xossalari. O‘tga chidamli materiallar ishlash davomida himoya qatlamiga ta’sir qiladigan qurilish va zarbali yuklariga bardosh berish uchun etarlicha mustahkamlikka ega bo‘lishlari kerak. Talab etiladigan mustahkamlik yuqori haroratda ham saqlanish kerak. O‘tga chidamli materiallarning mexanik mustahkamligi uni siqishga qarshilik ko‘rsatishi bilan baholanadi. Zichlik oshirilishi (g‘ovaklik kamayishi) bilan mustahkamlik oshadi. Yuqori haroratlarga o‘tga chidamli materiallarning bardoshligi yuk ostida deformatsiyalanish harorati bilan tavsiflanadi. Haroratga bardoshlilik o‘tga chidamli materiallarning harorat birdan o‘zgarganda mustahkamligini saqlab qolish qobiliyatini tavsiflaydi. Bunday hollarda o‘tga chidamli materiallarning emirilishiga ma’lum haroratda ayrim minerallarni modifikatsiyasi (tarkibiy tuzilishi) o‘zgarishi natijasidagi ichki kuchlanish sabab bo‘ladi. O‘tga chidamlilik ko‘rsatkichi o‘tga chidamli material namunasi yemirilgunga qadar bardosh bergan issiqlik almashinuvi miqdorini ko‘rsatadi. O‘tga chidamli materiallarning muhim tavsiflaridan biri ularning g‘ovakligi hisoblanadi. Bu xususiyat mexanik mustahkamlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, suyuq eritmalarni kimyoviy va fizik ta’siriga qarshi barqaror turish kabi xossalarga ta’sir qiladi. Ko‘pchilik o‘tga chidamli materiallarning g‘ovakligi 17-25% ni tashkil etadi. Biroq maxsus texnologiyalar bilan g‘ovakligi 5% gacha va yuqorig‘ovakli 45-80% gacha bo‘lgan yuqori zichlikka ega mahsulotlar olish mumkin. Ayrim hollarda o‘tga chidamli materiallarning buzilishining asosiy sababi metallurgik eritish pechlarida shlaklar bilan emirilishidir. O‘tga chidamli mahsulotning asosi bo‘lib xizmat qiladigan oksidlarning kimyoviy faolligi bo‘yicha, o‘tga chidamli materiallar kislotali (SiO2), neytral (AI2O3), ishqorli (CaO, MgO) bo‘ladi. Agar metallurgik qurilmada kislotali xossalarga ega eritmalar hosil bo‘lsa, kislotali muhitda ishlaydigan o‘tga chidamli materiallar tanlash kerakligi nazarda tutilishi kerak. Aks holda kimyoviy korroziya sababli o‘tga chidamli materiallar tez ishdan chiqadi. O‘tga chidamli material tanlash va ishlatishda ularning nafaqat fizik-kimyoviy xossalari, balki narxi ham e’tiborga olinadi, chunki o‘tga chidamli materiallar qimmatbaho materiallar toifasiga kiradi. Agar shamotning narxi bir deb olinsa, qolgan boshqa o‘tga chidamli materiallarning narxi qo‘yidagicha bo‘ladi: Shamotli – 1,0; Dinasli – 1,1-1,2; Magnezitli – 1,4-1,6; Xromomagnezitli – 1,2-1,4; Yuqoriglinozyomli – 2,5-9; Karborundli – 15-30. O‘tga chidamli materiallarning qimmatligi ularni ko‘p vaqt ishlashi bilan qoplanishi kerak.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling