Металлургия саноатини ташкил этиш
Turli yoqilg‘i turlarining xususiyati
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
Turli yoqilg‘i turlarining xususiyati
Yoqilg‘ining yonishi xavo [21% (hajm) O2]; havo va kislorod aralashmasi yoki texnologik kislorod [95-98% (hajm) O2] kislorodini purkash yordamida amalga oshadi. Yoqilg‘ining to‘liq yonishi ortiqcha havo purkash koeffitsienti α bilan xarakterlanadi. Agar yoqilg‘ini to‘liq yonishi uchun purkalayotgan havo etarlicha bo‘lsa, bunda α= 1 bo‘ladi. purkalayotgan havo miqdori ortiqcha bo‘lsa, α >1, kam bo‘lsa, α<1 bo‘ladi. Yoqilg‘ining yonishi uchun ortiqcha havo samarali hisoblanmaydi, chunki ortiqcha kislorod bilan birga ~4 barobar ko‘p azot kirib keladi, u esa o‘zining qizishi uchun issiqlik talab etadi. Yoqilg‘ini yoqish odatda α>1,05-1,1 olib boriladi. Yoqilg‘i kislorod birligiga azot miqdori kam kelganda, ya’ni kislorodga boyitilgan havo yoki texnologik kisloroda yaxshi yonadi. α>1 bo‘lganda pech muhiti oksidlovchi, α <1 bo‘lganda yonish to‘liq bormaydi va metallurgik qurilmada ko‘pincha texnologik talablarga kerak bo‘ladigan qaytaruvchi muhit paydo bo‘ladi. Yuqori namlik va kul miqdori ko‘p bo‘lganda yoqilg‘ini yonish samaradorligi tez tushib ketadi. Namlik bug‘lanishi va uning yoqilg‘i gazlari haroratigacha bug‘ bilan qizishi uchun issiqlik sarfi talab etadi, kul esa yoqilg‘i sifati va uni yoqish sharotilarini yomonlashtiradi. Metallurgiyada yuqori yonish issiqligiga ega va tarkibida kul miqdori kam bo‘lgan yuqori sifatli yoqilg‘i ishlatishga intilashadi. Bu talablarga ko‘pchilik hollarda tabiiy gaz, mazut, koks va yuqori kaloriyali toshko‘mir javob beradi. 1>1> Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling