Металлургия саноатини ташкил этиш


Metallarning fizik va mexanik xususiyatlari


Download 0.72 Mb.
bet4/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Metallarning fizik va mexanik xususiyatlari

Metall

Atom raqami

Atom massasi

Terish 0S

Tqayn 0S

D20 kg/m3

Mis

92

63,5

1084,5

2540

8940

Nikel

28

58,7

1455

2900

8900

Qo‘rg‘oshin

82

207,3

327,4

1745

11340

Rux

30

65,4

419,5

906

7133

Alyuminiy

13

27

660,4

2500

2699

Volfram

74

183,85

3420

5700

19300

Metall ishlab chiqarish va ishlatishda elektrokimyoviy kuchlanish qatorida metallning tutgan o‘rni bilan izohlash mumkin bo‘lgan, kimyoviy faolligi muhim o‘rin tutadi

Kuchlanish qatorida istagan elektromanfiy metall, birikmalardan elektrmusbat zaryadli metallarni siqib chiqarishi mumkin. Musbat zaryadli metallarga qaraganda, elektrod potensiali manfiy bo‘lgan metallar yuqori kimyoviy faolligi va tez oksidlanishi bilan farqlanadi. Elektrod potensiali ortishi bilan metall barqarorligi ortadi.

Ko‘pgina metallar turli nisbatda bir-biri bilan yaxshi qorishib, ikki va undan ortiq komponentli qotishmalar hosil qiladi. Asosiy metallga oz miqdorda qo‘shilayotgan metall legirlovchi deyiladi. Metallarni bir-biri bilan qorishtirib qotishma hosil qilish mumkinligi ulardan olinadigan metall mahsulotining fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xossalarini keng miqyosda o‘zlashtirish imkonini beradi. Amalda turli tarkibli qotishma olishning cheksiz imkoniyatlari qotishmaga oson va qiyin eruvchanlik, yuqori mexanik qattiqlik va mustahkamlik yoki aksincha, egiluvchanlik, yuqori korroziya va o‘tga chidamlilik, magnitga tortiluvchanlik va boshqa maxsus yaxshilangan, toza metallarga xos bo‘lmagan xossalarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Metallarning ko‘pligi, xossalarning, olish usullari va ishlatish sohalarining turliligi ularni alohida sinflar bo‘yicha tasniflash zaruratini keltirib chiqardi. Biroq afsuski, metallarni ilmiy asoslangan holda sinflash hozirgacha ishlab chiqilmagan. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoatini tashkil etishning tarixiy tuzilmasi, va shunga muvofiq oliy o‘quv yurtlari va kollejlarda muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash tuzilmasini namoyon qiladigan, metallarning sanoatlashgan tasnifi ishlatiladi.

Sanoatlashgan tasniflashga asosan hamma metallar ikki guruhga qora va rangli metallarga bo‘linadi.

Qora metallarga temir va uning qotishmalari, ishlab chiqarilishi cho‘yan va po‘lat metallurgiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan marganets va xrom kiradi. Qolgan hamma metallar rangli metallar hisoblanadi. Rangli metall deb nomlanishi shartli hisoblanadi. CHunki oltin va mis aniq bir rangga egadir, qolgan barcha metallar, shuningdek, qora metallar ham turlicha och va to‘q ko‘rinishli kulrangga egadir.

Rangli metallar shartli ravishda besh guruhga bo‘linadi:




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling