Tantal va niobiy radioelektronika va elektrotexnikada, o‘tga chidamli, qattiq qotishmalar ishlab chiqarishda, atom energetikasida, kimyoviy mashinasozlikda ishlatiladi.
Reniy. Asosan kimyo va neft sanoatidagi kimyoviy jarayonlarda katalizator vazifasida ishlatiladi. Reniyning ko‘p miqdori o‘tga chidamli, qattiq qotishmalar olishga yo‘naltiriladi.
Noyob er metallari – metall, qotishma, kimyoviy birikmalar ko‘rinishida qora va rangli metallurgiyada, shisha va keramika sanoatida, atom energetikasida ishlatiladi. Noyob er metallarini ishlatilishi cheklanmagan va lantanoid, uning qotishmalari va birikmalarini xossalari o‘rganilishi kengayishi bilan yangi ishlatilish sohalari yaratilmoqda.
2- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |