Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet6/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

4. Nodir metallar: bularga oltin, kumush, platina va platinoidlar kiradi. Bu metallar atrof-muhit va korroziyali muhitga qarshi yuqori bardoshlik qobiliyatiga ega metallar hisoblanadi.

5. Noyob metallar. Bu metallar qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi:

a) qiyin eriydigan noyob metallar: volfram, molibden, tantal, niobiy,

b) engil noyob metallar: litiy, berilliy, rubidiy va seziy.

v) tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, gafniy, reniy,

g) noyob-er metallari: skandiy, ittriy, lantan va lantanoidlar.

d) radioaktiv metallar: radiy, uran, toriy, aktiniy.

Keltirilgan metallarning sanoatlashgan tasnifi hozirgi vaqtda ilmiy va texnologik ketma-ketlik asosida tuzilgan deb tan olish mumkin emas. Unda metall guruhlari nomlanishi ham ma’lum bir tamoyillarga asoslanmagan. Ko‘p hollarda u yoki bu metallning ishlab chiqarilishi va ishlatilishining o‘sishi bilan metallarni sanoatlashgan tasnifining umumiy tamoyillariga zid holda metall bir guruhdan boshqa guruhga o‘tishi mumkin. Shunday XIX asr oxirida alyuminiy noyob metall hisoblanardi, biroq hozirda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan u qolgan barcha rangli metallar orasida birinchi o‘rinni egallaydi. Ma’lum va juda keng tarqalgan volfram, molibden, titan va boshqa ayrim metallarga “noyob metall” degan terminning ishlatilishi ham to‘g‘ri emas.

Zamonaviy insoniyat taraqqiyoti temir tashkil etgan poydevor asosiga tayanadi. Temir qotishmasi hisoblangan po‘lat asosida ko‘pgina mashina, qurilma va uskunalarning qismlari tayyorlangan. Umumiy metallar ishlab chiqarilishining 90% dan ortig‘i temirga to‘g‘ri keladi.

Ishlatilishi jihatdan tarixi atigi ikki asrga teng bo‘lgan alyuminiy hozirgi vaqtda muhim o‘rinni egallaydi. Alyuminiyning kichik zichligi, yuqori qattiqlikka egaligi, egiluvchanligi, korroziyaga bardoshliligi kabi xususiyatlari yangi texnika yaratuvchilari – konstruktorlarni diqqatini jalb qilmoqda. Elektr hamda isiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha u faqatgina misdan keyin turadi. Boshqa metallar (Sn, Mn, Be, Ti, Cu, Ni) bilan legirlanishi va termik ishlov berilganda qattiqligi va muustahkamligi jihatdan alyuminiydan ancha ustun bo‘lgan turli qotishmalar olish mumkin. Bunday xususiyatlari uchun alyuminiy aviatsiya va raketasozlik sanoatining asosiy metali hisoblanadi. Alyuminiyning raketalardagi ulushi teng yarmini, fuqaro aviatsiyasida esa 2/3 yoki 3/4 qismini tashkil etadi. Boshqa transport vositalarida ham alyuminiy ulushi uzluksiz ortib bormoqda. Alminiyning eng yirik iste’molchisi uzatkich, kabel, transformator o‘ramlari, kondensatorlar ishlab chiqaradigan elektrotexnika sanoati hisoblanadi. Alyuminiyning korroziyaga chidamliligi uning yuzasida yupqa oksid qavat hosil bo‘lishi va bu metallni keyingi havo bilan oksidlanishidan saqlanishi bilan izohlanadi. Alyuminiy po‘latdan kislorodni tortib oluvchi qaytaruvchi va ko‘pgina metall va qotishmalar olish uchun ishlatiladigan alyumotermik usulda faol kimyoviy element sifatida metallurgiyada ishlatiladi.

Uchinchi o‘rinda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan mis turadi. Mis – yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan elektrotexnikadagi asosiy metall hisoblanadi. Yaxshi bolg‘alanuvchan va yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganligi uchun o‘tkazgich, kabel, kontakt kabi tok o‘tkazuvchan mahsulotlar ishlab chiqarishda mis eng ma’qul metall hisoblanadi. Misning o‘ta yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi uni isitgich, sovutgich va boshqa ko‘plab issiqlik o‘tkazuvchi qurilmalar ishlab chiqarishda almashtirib bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi. Misning rux bilan (latun) va qalay bilan (bronza) qotishmalari keng tarqalgan. Misning nikel bilan qotishmasi tanga (pul belgisi) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Nikel – ochilgandan so‘ng 150 yil davomida uning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilmadi. XIX asr ikkinchi yarmida, po‘latni sifatini yaxshilaydigan nikel xossalari ochilgandan so‘ng, uning ishlab chiqarilishi tez sur’atlar bilan o‘sdi. Nikelning 70 foizga yaqini o‘tga chidamli va zanglamaydigan po‘lat ishlab chiqarishda sarflanadi. Nikel boshqa metallar bilan birga qattiq va o‘ta qattiq po‘latlar tarkibiga kiradi. Texnikada tarkibida nikel bo‘lgan 3000 ga yaqin qotishma ishlatiladi. Nikel ayrim kimyoviy jarayonlarda katalizator, boshqa metallarni bezaydigan va korroziyadan saqlash uchun qoplama sifatida ishlatiladi. Sanoatda ishqorli temir-nikelli akkumulyatorlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Magniy. Magniyning boshqa metallardan farq qiladigan muhim xususiyati zichligi (1,74 g/sm3) kichikligi hisoblanadi. Olimlar magniy ishtirok etgan engil, mustahkam, issiqqa bardoshli bir qator qotishmalar kashf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Magniyni legirlash uchun Ti, Be, Li, Cd, Ce kabi metallar ishlatiladi.

O‘zining kimyoviy barqarorligi, tashqi ko‘rinishining jozibadorligi va yuqori baholanishi sababli oltin va kumush mahsulot – pul muomalasi rivojlanish davrida, narx – qiymatini belgilaydigan pul vazifasini bajara boshladi. Kumush kimyo sanoatida bir qator kimyoviy jarayonlarni tezlashtiradigan katalizator, foto va kino sanoatida yorug‘lik sezuvchan emulsiyalar ishlab chiqarishda ishlatila boshlandi. Hozirgi vaqtda oltin va kumush yuvelir mahsulotlari ishlab chiqarishdan tashqari ishonchli oksidlanmaydigan elementlar sifatida elektron qurilmalarda ishlatila boshlandi. XX asrning o‘rtalariga kelib texnika inqilobi natijasida yangi jarayonlar, texnologiyalar, sanoatning elektronika, yadro energetikasi, raketa hamda kosmik komplekslar kabi tarmoqlari paydo bo‘la boshladi. Ularni hayotga tatbiq qilish uchun yangi xususiyatlar va xossalarga ega Yangi materiallar talab etilardi.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling