Металлургия саноатини ташкил этиш


Alyuminiy olishning elektrolitik usuli


Download 0.72 Mb.
bet43/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Alyuminiy olishning elektrolitik usuli. Alyuminiy kuchlanish qatorida elektromanfiy metallar qatorida turgani sababli, uni tarkibida alyuminiy ionlariga nisbatan elektromusbat ionli metallar mavjud bo‘lmagan elektrolitlardan elektroliz usulida ajratib olish mumkin. Bunday elektrolitlarga tarkibida ishqoriy va ishqoriy-er metallar kationalari mavjud bo‘lgan va glinozyomni etarlicha yaxshi erita oladigan tuzli eritmalar kiradi. Zamonaviy sanoatda ishlatiladigan elektrolit asosini kriolit – glinozyom (Na3AIF6 – AI2O3) sistemasi tashkil etadi. Elektrolitni erish haroratini pasaytirish, uning elektro‘tkazuvchanligini oshirish, anodni elektrolit bilan namlanishini yaxshilash va unga bir qator xususiyatlarni berish uchun elektrolit tarkibiga umumiy holda 6-10% dan oshmagan miqdorda turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Normal ishlayotgan elektrolizyordagi elektrolit harorati 950-9700S atrofida bo‘ladi. Glinozyomni elektroliz qilish jarayoni davomida uning konsentratsiyasi ruxsat etilgangacha uzluksiz ravishda kamayib boradi. Elektrolit tarkibida glinozyom kamayishi qovushqoqlikning pasayishiga, uning zichligini biroz kamayishiga va anodning eritma bilan namlanishi yomonlashishiga olib keladi. Elektrolit tarkibida glinozyomni kamayishi uzluksiz yoki davriy ravishda to‘ldirib boriladi. Elektrokimyoviy jarayonning oxirgi natijalari qo‘yidagi reaksiyalar bilan yozilishi mumkin:
atar 2AI3+ + 6e → 2AI;

ata 3O2- - 6e → 3O.


Alyuminiyni elektrolitik usulda olish jarayonining asosiy mahsulotlari metall alyuminiy va anodli gazlar hisoblanadi. Elektroliz usuli bilan olingan alyuminiy tarkibida metall, metallmas va gazsimon qo‘shimchalar bo‘ladi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling