Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet39/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Er ostida tanlab eritish. Er ostida tanlab eritish usuli eski shaxtalarda qolib ketgan rudalardan, yangi, hali ishga tushirilmagan, oddiy qazib olish usullari iqtisodiy samara bermaydigan (zahirasi kam yoki metalga kambag‘al bo‘lgan) konlardan metallarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Bu usulning afzalligi-ma’lum chuqurlikda yotgan foydali qazilma qazib olinmaydi, maydalanib yanchilmaydi va boyitish ishlari bajarilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri er ostida tanlab eritiladi. Metall eritmaga o‘tgandan so‘ng, uni er yuzasiga chiqarib olinadi. Konning joylashishiga, rudaning tarkibiga, fizik xossalariga, suyuqlik o‘tkazuvchanligiga qarab tanlab eritish jarayonlari har xil usullar bilan olib boriladi. Agar, eski shaxtada kolib ketgan (ko‘pincha shaxtada 34-40 foiz metall shaxta devorlarida, ustun vazifasini bajarish uchun qoldirilgan rudalarda qolib ketadi) metallarni tanlab eritish uchun shaxtaning ma’lum bir kismi ikki tomonidan suyuqlik o‘tmaydigan qilib berkitiladi va u eritma bilan to‘ldiriladi. Ma’lum muddatdan so‘ng eritma er yuzasiga tortib chikarilib undan metall ajratib olinadi. YAngi, hali ishga tushirilmagan konlarda er ostida tanlab eritish jarayonini o‘tkazish uchun ruda qatlamgacha burg‘ilab quduqlar qaziladi. Bir guruh quduqlar orqali ruda qatlamiga eritma yuborilib, boshqa bir guruh quduqlar orqali metalli eritma tortib olinadi. Eritmaning harakat yunalishiga qarab, tanlab eritish gidrostatik, gidrodinamik va infiltratsion usullarga bo‘linadi. Gidrostatik usulda ma’lum xajmdagi ruda eritmaga bo‘ktiriladi va ma’lum muddatdan so‘ng eritma tortib olinadi. Bu usul «chanda tanlab eritish» usul iga uxshash bo‘ladi. Gidrodinamik sxemada eritma uzluksiz ikkita quduq orasidagi ruda qatlamida gorizontal xarakat qiladi. Birinchi quduq orqali eritma berilib ikkinchisidan esa tortib olinadi.

Infiltratsion sxemada uyumda tanlab eritish usuliga o‘xshab, eritma ruda qatlamida uzluksiz vertikal yunalishda xarakat qiladi. Tanlab eritish uchun qaysi bir sxemani qo‘llash ruda qatlamining joylashgan o‘rniga va er osti suvlarining bor-yo‘qligiga qarab tanlanadi. Ruda qatlami yotik, (gorizontal) yoki uncha katta bo‘lmagan qiyalik bilan joylashgan va asosan cho‘kish yuli bilan hosil bo‘lgan, suyuqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsenti 0,5 m/kun dan yuqori va chuqurligi 300 m gacha bo‘lgan konlarda tanlab eritish jarayoni gidrostatik yoki gidrodinamik usulda olib boriladi. Agar, qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffitsenti 0,5 dan kichik bo‘lsa, u holda bu qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffitsientini sun’iy ravishda oshirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun ruda qatlamiga suyuq portlovchi moddalar yuborilib, uni portlatish, gidromonitorlar yordamida suv oqimi bilan parchalash yoki tog‘ jinslari bilan reaksiyaga kirishganda gaz hosil qiluvchi regantlar (masalan, 30-48 % N202, rN<6) yuborilib qatlam yoriqlarini kengaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. YOriqlar yana yopilib qolmasligi uchun katta bosim ostida qumli yoki maydalangan shisha aralashtirilgan suv yuboriladi. Qum va shisha kukunlari yoriqlariga joylashib olib o‘tkazuvchanligini bir xil ushlab turadi.



Eritmani so‘rib olish uchun qazilgan quduqlarning diametri eritma yuborish quduqlarnikidan kattaroq bo‘ladi, bundan tashqari tanlab eritish maydoni chegarasidan (3) tashkarida kuzatish quduqlari kazilgan bo‘lib, ular yordamida eritmani boshqa tomonga tarqalib ketish-ketmasligini nazorat qilib turiladi. Bu sxema bilan Amerikaning Texas shtatida joylashgan, yiliga 113 t uran ishlab chikaruvchi korxona ishlaydi. Unda, 1200 m2 maydonga 66 ta eritma beruvchi va oluvchi quduqlar kazilgan.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling