Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet35/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Uyumda tanlab eritish
Uyumda tanlab eritish asosan tarkibida metall kam bo‘lgan tashlandiq rudalardan metallni ajratib olish uchun qo‘llaniladii.

Jarayon quyidagicha olib boriladi:

- tayyorlangan maydonga ruda uyuladi;

- uyum ustidan ma’lum muddat davomida eritma sepilib turiladi.

Maydonni tayyorlash har xil usullar bilan bajarilishi mumkin, jumladan, buldozer yordamida tekislangai maydonga qalinligi 0,2 m bo‘lgan beton yotqiziladi va uning usti 0,2 m qalinlikda kislota o‘tqazmaydigan bitumli asfalt bilan qoplanadi. Asfalt ustidan qum, so‘ng granit toshlar yotqiziladi. Bular asfaltni buzilib ketishidan saqlaydi.

Ba’zi bir konlarda tekislangan maydonga 0,6 m qalinlikda tuproq to‘kilib, u zichlashtiriladi. Tuproq ustiga qum qatlami yotkizilgandan so‘ng 3 - 5 mm kattalikdagi tog‘ jinslari to‘kiladi.

Ba’zi hollarda tekislanib, zichlashtirilgan maydonga polixlorvinil - plenka to‘shalib, uning ustiga qum, so‘ng toshlar, yoki beton yotqiziladi.

Ba’zi erlarda, tayyorlangan maydon atrofi ma’lum balandlikda beton devor bilan o‘ralgan bo‘lib, u uyumni sochilib ketishidan saqlay­di va ruda bilan eritmani ko‘proq muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi.

Uyum qatlamidan sizib o‘tgan eritmani bir joyga yig‘ilishni ta’minlash maqsadida maydon bir tomonga qarab yotiqroq (1 - 2°) qilib rejalashtiriladi.

Tayyorlanagan maydonga ruda uyuladi. Bu jarayon uyumda tanlab eritish usulining eng asosiy qismi hisoblanadi. Uyum hosil kilish shunday o‘tqazilishi kerakki, unda ruda tekis, bo‘shroq va eritma qatlamdan oson sizib o‘tadigan bo‘lsin.



Uyumni eng keng tarqalgan shakli - to‘rt burchakli kesik piramidadir (10 – rasm). Uning balandligi 3 metrdan 15 metrgacha, og‘irligi 100-200 ming tonnagacha bo‘ladi.

10 - rasm. Uyumda tanlab eritish sxemasi



  1. maxsus maydon; 2- uyum; 3- eritmalarni sachratib beruvchi qurilmasi; 4,6- yig‘uvchi xovuzlar; 5- eritimadan metallni ajratib olish qurilmasi.

Eritma uyumga sachratib beruvchi forsunkalar yordamida sepiladi.

Eritma ruda qatlamidan o‘tib, maxsus tayyorlangan yig‘uvchi hovuzga to‘planadi va undan metalni ajratib olish qurilmasiga o‘tqaziladi. Eritmadan metalni ajratib olish uchun sementatsiya, ekstraktsiya va boshqa usullar qo‘llanilishi mumkin. Metalni ajratib olgandan so‘ng, eritma ikkinchi yig‘uvchi hovuzchaga to‘planadi. U erdan eritma tarkibiga kerakli reagentlar qo‘shiladi va u yana uyumga sepish uchun yuboriladi. Tanlab eritish maromi xar xil bo‘lishi mumkin. Masalan, balandligi 15 - 20 m, kengligi 40 - 50 m va uzunligi 60 - 70 m bo‘lgan uyumga bir kecha - kunduz eritma sepilib turiladi, keyin 3 kecha-kunduz eritma berilmaydi. Eritmaning sarfi 1 t rudaga 0,3 - 0,5 m3. Tanlab eritishning umumiy davomiyligi 120- 150 kun. Bunda 60- 75 foiz metall eritmaga o‘tadi.

Uyumda tanlab eritish, uning katta kichikligiga, suyuqlik o‘tqazuvchanligiga, eritilayotgan birikma, yoki metalning erish tezligiga qarab bir necha kun, oylab, xatto yillab davom etishi mumkin. Tanlab eritish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin uyum yaxshilab suv bilan yuvilishi kerak.




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling