Металлургия саноатини ташкил этиш


Download 0.72 Mb.
bet36/51
Sana02.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#185213
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
умумий мет Lotin

Er ostida tanlab eritish
Er ostida tanlab eritish usuli eski shaxtalarda qolib ketgan rudalardan, yangi hali ishga tushirilmagan, oddiy qazib olish usullari iqtisodiy samara bermaydigan (zahirasi kam yoki metalga kambag‘al bo‘lgan) konlardan metallarni ajratib olish uchun qo‘llaniladi. Bu usulning afzalligi - ma’lum chuqurlikda yotgan foydali qazilma qazib olinmaydi, maydalanib yanchilmaydi va boyitish ishlari bajarilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri er ostida tanlab eritiladi. Metal eritmaga o‘tgandan so‘ng, uni er yuzasiga chiqarib olinadi. Konning joylashishiga, rudaning tarkibiga, fizik xossalariga, suyuqlik o‘tqazuvchanligiga qarab tanlab eritish jarayonlari har xil usullar bilan olib boriladi. Agar eski shaxtada qolib ketgan (ko‘pincha shaxtada 34-40 foiz metall shaxta devorlarida ustun vazifasini bajarish uchun qoldirilgan rudalarda qolib ketadi) metallarni tanlab eritish uchun shaxtaning ma’lum bir qismi ikki tomonidan suyuqliq o‘tmaydigan qilib berkitiladi va u eritma bilan to‘ldiriladi. Ma’lum muddatdan so‘ng eritma er yuzasiga tortib chiqarilib undan metall ajratib olinadi. YAngi xali ishga tushirilmagan konlardan er ostida tanlab eritish jarayonini o‘tqazish uchun ruda qatlamgacha burg‘ilab quduqlar qaziladi. Bir guruh quduqlar orqali ruda qatlamiga eritma yuborilib, boshqa guruh quduqlar orqali eritma tortib olinadi (11-rasm).

Eritimani so‘rib olish uchun qazilgan quduqlarning diametri eritma yuborish quduqlaridan kattaroq bo‘ladi.

Quduqlar qazilgandan so‘ng devorlari qulab tushmasligi uchun ularga quduq balandligiga teng uzunlikdagi quvurlar tushiriladi. Quvurlar po‘latdan yoki plastmassadan yasalishi mumkin. Eritma yuboriladigan quvurning pastki qismi (uchi) yopiq (konussimon) bo‘lib ma’lum balandlikkacha uning devorlarida teshikchalar bo‘ladi. Eritmani tortib oluvchi quvurning ikkala tomoni ochiq bo‘lib, unga diametri kichikroq bo‘lgan ikkinchi quvur tushiriladi. Ichki quvurning pastki qismi devorlarida teshikchalar bo‘lib, ularga to‘r suzgich o‘rnatilgan bo‘ladi.

Eritmani er osti suvlari bilan suyultirmaslik va uni oqib ketishdan saqlash maqsadida tanlab eritish maydoni chegarasidan tashqarida qazilgan quduqlar orqali sementli eritma yuborilib, er osti suvlari oqimi to‘siladi.



Metalli eritmani er ostidan tortib olish uchun har xil tuzilishga ega bo‘lgan nasoslar va aeroliftlardan foydalanadi.

11 - rasm. Er osti tanlab eritish sxemasi

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling