Металлургия саноатини ташкил этиш
Aralashtirish usuli bilan tanlab eritish
Download 0.72 Mb.
|
умумий мет Lotin
Aralashtirish usuli bilan tanlab eritish
Aralashtirish usuli bilan asosan metalga boy bo‘lgan ashyolar (boyitmalar) va tarkibida nodir metallar bo‘lgan rudalar tanlab eritiladi. Buning uchun ashyolar- 1,0 mm dan - 0,074 mm ( xatto - 0,043mm) kattalikgacha yanchiladi. YAnchilgan ashyo erituvchi suyuqliq bilan ma’lum nisbatlarda bo‘tana tayyorlanishga berilidi. Bo‘tana deb – suyuq va qattiq moddalarning aralashmasi nomlanadi. Bo‘tana holga keltirilgan xom-ashyo tanlab eritish dastgohiga uzatiladi. Bo‘tana dastgohda ma’lum muddat davomida (0,5 - (2-3) soat, xatto 24 soatgacha ) aralashtirilib turiladi. Metall to‘liq eritmaga o‘tgandan so‘ng, erimay qolgan qoldiq eritmadan ajratiladi. Aralashtirish usuli bilan tanlab eritish sizdirib o‘tqazish (chanda, uyumda, er ostida) usuliga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan: jarayon qisqa muddatda o‘tadi; metall to‘liq ajratib olinadi; tanlab eritish jarayonini boshqarish va shart- sharoitlar (xarorat, bosim, muxit va xokazo) yaratishi osonlashadi. Ammo maydalash, yanchish, jarayonlariga ko‘p mexnat va mablag‘ sarflanadi. Aralashtirish usuli bilan tanlab ertish uchun turli dastgohlardan foydalaniladi. Ularning vazifasi ertilayotgan modda bilan erituvchining ma’lum vaqt davomida va mahsus sharoitda o‘zaro muloqotda bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Tanlab eritish dastgoxlari xar xil shakldagi idishlar bo‘lib isitish, aralashtirish, yuklash va maxsulotlarni chiqarib yuborish moslamalarga ega. Ular muhitga chidamli ashyolardan yasaladi. Tanlab ertish dastgoxlarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri mexanik aralashtirgichli va bug‘ bilan isitishga muljallangan reaktorlardir(12-rasm). Ular yumaloq tubli silindrsimon idish bo‘lib, devorlari ikki qavat bo‘ladi. Devorlar orasidagi bo‘shliqqa bug‘ yuborilib, idish ichidagi ashyolar isitiladi. Aralashtirish idishning markaziga o‘rnatilgan parrakli o‘qning aylanish hisobiga bajariladi. 12- rasm. Mexanik aralashtirgichli tanlab eritish reaktorining sxemasi 1- reaktorning tanasi; 2- reaktorning qopqoqi; 3- aralashtirgich. Reaktorning tashqi devori issiqliq o‘tqazmaydigan ashyo bilan o‘ralgan. Bunday reaktorlarning xajmi 10-20 m3, aralashtirgichning aylanish tezligi 220- 330 ayl/dak. bo‘ladi. Qovushqoqligi uncha katta bo‘lmagan suyuqliklarni aralashtirish uchun pnevmatik aralashtirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun siqilgan havo ishlatiladi. Ko‘pincha siqilgan havo yordamida aralashtirish uchun aerolift prinsiplaridan foydalaniladi (21.5- rasm). Havo kompressor yordamida markaziy quvurga beriladi. Markaziy quvurda havo, suyuqlik va qattiq zarrachalarning aralashmasi hosil bo‘ladi. Markaziy quvurdagi aralashmaning zichligi apparatning boshqa qismida joylashgan bo‘tana zichligidan kam bo‘ladi. Zichliklar o‘rtasidagi farq natijasida butun massa harakatga keladi. Keyingi vaqtda tanlab ertish samaradorligi yuqori bo‘lgan «qaynovchi qatlam» deb ataluvchi dastgohlarda o‘tkazilayapti (13- rasm). Bu dastgohda eritma bilan qattiq zarra bir-biriga nisbatan qarama-karshi tomonga harakat qiladi. Dastgoh balandligi bo‘yicha o‘zgaruvchan o‘lchamga ega bo‘lganligi sababli, eritma pastki qismida katta tezlik bilan yuqoriga qarab xarakatlanadi va dastgohning yuqori qismi keng bo‘lganligi sababli eritmaning harakat tezligi kamayadi. 13- rasm. Pnevmatik tanlab eritish dastgohi (pachuk) 1-ta’mirlash uchun tuyniq; 2- aerolift; 3- siqilgan havo berish quvuri; 4 – havo g‘ilofi; 5 – teshikchalar; 6 – havo parchalagich; 7 – dastgohni bo‘shatish shtutseri; 8 – havo chiqarish quvuri. YUqori haroratda va bosimda bajariladigan jarayonlar uchun zich yopiladigan idishlar - avtoklavlar ishlatiladi (14- rasm). Avtoklavlarda o‘tqaziladigan jarayonlar ikki sinfga bo‘linadi: 1) gazsimon reagentlarsiz boradigan jarayonlar; 2) gazsimon reagentlar ishtirokida o‘tadigan jarayonlar. Birinchi sinf jarayonlarini amalga oshirishda avtoklavning vazifasi jarayonni 100 0S dan yuqori xaroratda olib borishni ta’minlashdan iborat. Sistemani isitish va aralashtirish uchun esa avtoklavga bevosita bug‘ yuboriladi. Танлаб эритиладиган ашёни юклаш 14-rasm. “Qaynovchi qatlam” dastgohning sxemasi. Ikkinchi tur jarayonlarni amalga oshirishda avtoklavning vazifasi gazsimon reagentlarning eritmadagi kerakli konsentratsiyasini ta’minlashdan va yuqori haroratni ushlab turishdan iborat. Sistemani isitish uchun bug‘dan, aralashtirish uchun esa bug‘ va gazsimon reagentdan foydalaniladi. бўтана 15- rasm. Avtoklavlar turi: a- vertikal avtoklav; b- gorizontal ko‘p kamerali avtoklav. Kon maxsulotlaridan kerakli metalni tanlab eritmaga o‘tkazish uchun ikki xil usuldan foydalaniladi: 1. atar ashyolar qatlamidan erituvchi ata eritmasi ma’lum tezlik bilan sizdirib o‘tkaziladi (bu usulni oddiy qilib sizdirib o‘tkazish deb ataladi); 2. Juda mayda yanchilgan ashyolar eritma bilan ma’lum vaqt davomida majburiy aralashtiriladi. Bu usulni aralashtirish usuli deb ataladi. Birinchi usulga: chanda; uyumda; er ostida tanlab eritish usullari kiradi. Ikkinchi usul aralashtirish uslubiga qarab kuyidagicha tasniflanadi: mexanik aralashtirish; murakkab aralashtirish. Kuyida tanlab eritish usullari bilan tanishib chiqamiz. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling