Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Mis boyitish fabrikasi haqida umumiy ma’lumot


Download 0.95 Mb.
bet2/29
Sana15.08.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1667271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
“Olmaliq KMK ” AJ Mis boyitish fabrikasi sharoitida mis xomashyosini olish texnologiyasi

1.1Mis boyitish fabrikasi haqida umumiy ma’lumot
Mis boyitish fabrikasi. 1961-yilda Qalmoqqir va Sariq­cho‘qqi kon­­larining mis-molibden rudalarini qayta ishlab chiqarish uchun fab­rika ishga tushirilgan. Fabrikatizimida ikkita maydalash bo‘lim bor:
- yirik maydalash bo‘limi. Unda uchta konussimon mayda­lay­digan mashina KKD-1500/180 tinmay ishlab turadi, ularning har bittasi yiliga 15 mln. tonna ma’danli ruda unumdorligiga ega;
- mayda va o‘rta maydalash bo‘limi. Unda o‘rta KSD – 2200 va KSD – 3000 va mayda KMD – 2200 va KMD – 3000 maydalaydigan dast­gohlar ishlatiladi, ularning umumiy soni 34 ta, to‘liq unumdorligi – yiliga 29 mln. tonna rudani qayta ishlashimumkin.
Fabrikaning asosiy binosida 10 ta texnologik qism bo‘lib, ular 3,6x4,0; 3,6x5,6; 4,5x6,0 metr miqdordagi sharli tegirmonlar bilan hamda 6,3 kub.metr, 12,54 kub.metr, 16,0 kub.metr hajmli flotatsion mashinalar bilan ta’minlangan. Unda maydalangan ruda boyitiladi.
Kollektiv konsentrat seleksion flotatsiyaga yuborilib, undan mis kon­sentrati va molibden konsentrati sanoat mahsuloti holida ajratib oli­nadi. Quyuqlanish suvini siqib chiqarish va quritishdan keyin mis kon­sentrati (OTMK) mis eritish zavodiga jo‘natiladi. Molibden sanoat mah­suloti avval Olmaliq TMK hududida joylashgan qo‘shma korxona sexida quvursimon aylan­­ma pechda kuydirilib, to‘liq MoO3 (molibden oksidi) molibdenli xomashyo quyuqlashtiriladi va yuqori haroratda eriydigan, issiqqa chidamli bo‘lgan metallar O‘zbekistondagi Chirchiq kom­binatiga yuklab jo‘natiladi. Fabrika chiqindilari gidrotransport yor­da­­mida fabrikadan 12 km uzoqlikda joylashgan chiqindilar omboriga jo‘natiladi.
Mis eritish zavodi. 1964-yilda Olmaliq mis eritish zavodi ishga tushirilgan
Ushbu zavod quyidagi sexlardan iborat:- metallurgiya sexi – yiliga 50 ming tonnagacha xomaki misga mo‘l­­jallangan yallig‘ qaytaruvchi pech, yiliga 65 ming tonnagacha xomaki misga mo‘ljallangan kislorodli-mash’alli eritish pechi, har biri 75 tonna hajmga ega to‘rtta yarim aylanma pech konverterlar, har biri­ning hajmi 200 tonna bo‘lib, xomaki misni suyuq holda olovli tozalab, qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan anodli pechlar majmuidan;
- elektrolit vannasida misni elektrolizlash sexi (yillik quvvati 147 ming tonna katodli mis);
- oltin va kumush soflash sexi (selen va tellur);
- shlam-kuporos sexi, yillik unumdorligi 7 ming tonna mis to‘tiyosi ishlab chiqaradi;
- chiqadigan metallurgiya gazlarini qayta ishlash uchun ikkita oltingugurt (sulfat) kislotasini olish sexlaridan iboratdir.
Aynan 1964-yilning dekabrida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi­ning (YaQE) ishga tushirilishi nafaqat Olmaliq kombinati uchun, balki butun res­­publika uchun katta ahamiyat kasb etishi muqarrar edi. Chunki uch yil oldin (1961-yili) ishga tushgan mis boyitish fabrikasi­ning mahsuloti–mis boyit­masi boshqa zavodlarga jo‘natilar edi. YaQE pechi avvaliga mazut va tabiiy gaz aralashmasi, keyinchalik esa to‘liq tabiiy gaz bilan bir maromda ho­zir­­­gacha ishlab kelmoqda. Bu pechning asta-sekin mukammallashuvi texno­logik kislorod yordamida pechning tepa qismidan, svod (qubbadan) tabiiy gaz bilan birgalikda pech qiya­ligiga purkalib, doimiy berib turilishi unda boyitma va shixta qorish­masining tezroq erishiga va unumdorlikning ancha ortishiga olib keldi. Ahamiyatli kamchiliklaridan biri barcha hosil bo‘l­gan oqova gaz ish­lov­siz to‘g‘ri 180 metrlik quvur orqali ochiq havoga yuboriladi.
Olmaliq mis eritish zavodining boshqa zavodlardan texnologik tav­sifi tubdan farq qiladi
YaQE pechi va kislorodli-mash’alli eri­tish pechidan olin­gan sulfidli shteyn konverterga suyuq holda quyil­sa, undan olingan konverter toshqoli qayta YaQE pechiga suyuq holda to‘kiladi. Uchta eritish agregati orqali misli ashyo doimiy aylanib turadi va ular bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda fabrika Sariqcho‘qqi konining mis ma’danlarini va misli toshqollarni qayta ishlashga moslashtirilgan. Chiqarib olina­digan kollektiv mis-molibden konsentrati OTMK mis boyitish fabri­ka­sining seleksiya bo‘limiga jo‘natiladi.
Mis boyitish fabrikasi - Qalmoqqir mis-molibden rudasi, 2-mis boyitish fabrikasi mis-molibden konsentrati, Rux zavodi keklari hamda Angren kon boshqarmasi va Kovuldi konining flyus rudalarini qayta ishlaydi.
Mis boyitish fabrikasi “Olmaliq KMK” AJ tarkibiga kiruvchi asosiy korxonalardan biri hisoblanadi.
Fabrika maydoni Piskent tumanidan 28 km uzoqlikda, Olmaliq shahriga nisbatan esa 5,2 km uzoqlikda joylashgan. Fabrika Mis eritish zavodi bilan bir maydonda joylashgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling