Metallurgiya


 Ruxni sulfat kislota eritmalaridan elektroliz usulida


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

6.3.5. Ruxni sulfat kislota eritmalaridan elektroliz usulida 
cho‘ktirish
Rux – og‘ir rangli metallardan eng elektromanfiylaridan biri. Ruxning 
standart potensiali – 0,763 V, vodorodniki esa – 0,00 V, ya’ni E
H2
> E
Zn
. SHu 
sababdan ruxni elektrolitik tiklanishi (elektr cho‘ktirish) murakkab, tezda 
o‘zgaradigan, turg‘un bo‘lmagan elektrokimyoviy jarayon. Elektrmanfiy ruxni, 
elektrmusbat vodorodga nisbatan elektrodga o‘tirishi, vodorodni ruxda o‘ta 
kuchlanishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun, elektrtiklanishda o‘ta kuchlanishni 
saqlab turadigan sharoitlarni saqlab turish kerak. Vodorod kuchlanishiga oid 
hamma omillar ruxni korroziyasiga va tokdan foydalanish koeffitsientini 
pasayishiga, rux elektrtiklanish jarayonini buzilishiga olib keladi.
Vodorodni o‘ta kuchlanishiga tok zichligi, harorat, katodga o‘tirgan rux sirtini 
ahvoli, elektrolitni tarkibi va zarra aralashmalarni mavjudligi ta’sir qiladi.
Amaliyotda ruxni elektr tiklanishi to‘rt burchak kesmga ega vannalarda
erimaydigan qo‘rg‘oshin, yoki qo‘rg‘oshin - kumush anodlari yordamida amalga 
oshiriladi. Vannaga uzluksiz tozalangan neytral rux eritmasi beriladi va ishlatilgan 
elektrolit chiqariladi. Rux katodga cho‘kadi, katod alyuminiydan yasalgan bo‘ladi. 
Katoga cho‘kkan rux, katoddan bir sutkada bir marta olinadi.
Katod rux induksion pechda eritiladi va qoliblarga quyiladi.
Ruxni sulfat kislota eritmalaridan elektroliz usulida cho‘ktirishda katodda 
quyidagi asosiy reaksiyalar borishi mumkin:
Zn
2+
+ 2e = Zn
2H
+
+ 2e = H

Me
2+
+ 2e = Me
Ruxni elektrolizi uchun anod qo‘rg‘oshindan, yoki qo‘rg‘oshin-kumush 
qotishmasidan tayyorlangan (kumushning miqdori qotishmada 1%). Elektroliz 
jarayonida anodda quyidagi asosiy reaksiyalar kechish mumkin:
2 H
2
O – 4 e = O
2
+ 4H
+
2 H
2
O – 2 e = N
2
O
2
+ 2H
+
H
2
O – 2 e = 1/2O
2
+ 2H
+


176 
Vodorodni ruxdagi o‘ta kuchlanishi tok zichligi bilan Tafel tenglamasi orqali 
bog‘langan:
C
H
= a + v lg i
Bunda a va v – doimiy ko‘rsatkichlar: a = 1,24 va v = 0,118, i – tok zichligi.
Ruxda vodorodni o‘ta kuchlanishi tok zichligiga bog‘liq. Masalan, tok 
zichligini 400 – 600 A/m
2
oralig‘ida bo‘lsa, o‘ta kuchlanish qiymati 1,11-1,13 V ni 
tashkil qiladi.
Ruxni elektr cho‘ktirish amaliyotida vodorodni ruxdagi o‘ta kuchlanishini 
oshirish katta ahamiyatga ega. O‘ta kuchlanishini tok zichligini oshirish, elektrolit 
haroratini pasaytirish, eritmani zarra moddalardan tozalash, eritmaga aktiv 
moddalar qo‘shish yo‘llari bilan amalga oshirish mumkin.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling