Kurs ishi mavzusi:
II B elementlari: rux kichik guruhi kimyosi va uning
xususiyatlari
REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM:
Ruxning olinish usullari, tarixi, ishlatilishi.
Fizik II B guruh elementlari haqida ma’lumot.
-kimyoviy xossalari,tabiatda tarqalishi, birikmalari hamda biologik ahamiyatlari.
Simob haqida ma’lumot, tarixi olinishi, tuzilishi va xossalari.
Kadmiy haqida ma’lumot, fizik va kimyoviy xossalari.
Uning ishlatishi va kadmiyning zararli taraflari.
III. XULOSA
Kirish
II B guruh elementlari: rux kichik guruhi kimyosi va ularning xususiyatlari
Kimyoviy elementlar davriy jadvalida II guruh yonaki guruhchasida 3 ta element rux(Zn), Simob(Hg), kadmiy(Cd)lar kiradi.
Rux guruhchasi elementlari asosan 2 valentli bo’lib simobning 1 valentli birikmalari ham mavjud.
Rux haqida malumot
Rux – 12 guruhning kimyoviy elementi (eskirgan tasnifga ko’ra — ikkinchi guruhning kichik guruhi), davriy tizimning to’rtinchi davri, atom raqami 30. U Zn (Lot. Zincum) belgisi bilan belgilanadi. Normal sharoitda rux moddasi oq-moviy rangli mo’rt oraliq metallidir (u havodagi xiralashadi, yupqa rux oksidi qatlami bilan qoplanadi).
Rux (lotincha: Zincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.
Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.
Butun dunyoda ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy, mis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |