I kirish II. Asosiy qism: Ruxning olinish usullari, tarixi, ishlatilishi


Download 146.52 Kb.
bet4/16
Sana08.03.2023
Hajmi146.52 Kb.
#1249134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 guruh elementlari (2)

Kimyoviy xossalari
Rux – amfoter birikmalar hosil qila oladigan odatiy metallardan biridir. ZnO va Zn(OH)2 ruxning amfoter birikmalari sanaladi. Standart elektrolitik potensiali -0,76 V bo‘lib, standart potensiallar qatorida temirdan avval joylashgan. Kuchli qizdirilganda amfoter oq oksid ZnO hosil qilish bilan yonadi. Havoda rux yupqa oksid qatlami bilan qoplanib qoladi:
2Zn+O22ZnO
Rux oksidi kislotalar bilan ham va ishqor bilan ham Reaksiyaga kirisha oladi:
ZnO+2HClZnCl2+H2O
ZnO+2NaOH+H2ONa2[Zn(OH)4]
Qizdirilganda rux galogenlar bilan reaksiyaga kirishib, galogenidalar hosil qiladi ZnHal2. Rux fosfor bilan birgalikda fosfidlar (Zn3P2 va ZnP2); oltingugurt, tellur, selenlar bilan esa xalkogenidlar (ZnS, ZnSe, ZnSe2 va ZnTe) hosil qiladi.
Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor elementlari bilan rux bevosita reaksiyaga kirishmaydi. Rux nitrid (Zn3N2) rux va ammiakning 550-600 °C haroratdagi reaksiyasi orqali olinadi.
Jarayonning harorati 1000 °C dan yuqori boʻladi va bugʻ holida olinadi. Oksidlanish germetik issiqqa chidamli retortada olib boriladi. Hosil boʻlgan rux bugʻlari kondensatorlarda choʻktiriladi, ulardan vaqti-vaqti bilan suyuq rux olinadi. Gidrometallurgik usuldan foydalanilganda kuydirishdan keyin qolgan qoldiqqa sulfat kislota taʼsir ettiriladi:
Eritma qoʻshimchalardan (temir, mis, kadmiy) tozalanadi va rux elektroliz yordamida ajratib olinadi. Bunda sulfat kislota qayta tiklanadi:
Rux — kuchli metall yaltiroqligiga ega boʻlgan koʻkimtir rangli metall. Nam havoda rux oksid parda bilan qoplanib asta-sekin yaltiroqligini yoʻqotadi. Rux — oʻrtacha qattiqlikdagi metall. Uning zichligi 7,13 g/sm3. Toza metall nisbatan plastik, oson yassilanib yupqa folʼga hosil qiladi.
Texnik rux oddiy haroratda moʻrt boʻladi, lekin 100—150 °C da plastik boʻlib qoladi. Bunday sharoitda uni bolgʻalash mumkin. 200 °C dan yuqori haroratda u yana moʻrtlashadi va qirilganda kukun holatiga oʻtadi. Bunday oʻzgarishlar juda past haroratda ham kuzatiladi.
Rux oson suyuqlanadi (suyuqlanish harorati — 419,4 °C) va uchuvchan metallar qatoriga kiradi. Ruxning qaynash harorati — 905,7 °C. Uning issiqlik oʻtkazuvchanligi kumushning issiqlik oʻtkazuvchanligiga nisbatan 60 % ni tashkil etadi, elektr oʻtkazuvchanligi boʻlsa toʻrt baravarga kam.
Elektr kimyoviy kuchlanishlar qatorida rux vodoroddan ancha chapda turadi va kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi[5]. Shuning uchun odatda rux laboratoriya amaliyotlarida Kipp apparati yordami bilan vodorod olishda foydalaniladi:Rux azot va toʻyingan sulfat kislotalarda eritilganda vodorodni ajratmaydi,unda azot yoki oltingugurt birikmalari hosil boʻladi.Rux amfoter xossaga ega. U suyuqlantirilganda ishqorlar bilan reaksiyaga kiradi. Ishqorlarning kuchli eritmalarida asosan qizdirilganda eriydi.

Download 146.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling